17:17 / 03.04.2020
6 285

Jahongir Otajonov: «Ohunjon Madaliyevning ashulasini buzsang, o‘ldiraman deyishdi» (video)

Jahongir Otajonov: «Ohunjon Madaliyevning ashulasini buzsang, o‘ldiraman deyishdi» (video)
Xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Instagram sahifasida «Ohunjon Madaliyevning ashulasini buzsang o‘ldiraman», — deb unga nisbatan tahdid qilishayotganini ma’lum qildi.

- Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, Alloh bu kunlarda barchangizga sabr-toqat bersin. Sizlarga qilayotgan videomurojaatimdan maqsad shuki, hozirgina san’atkor do‘stim Halimaxonimni Instagram sahifasida uni odamlarga qilayotgan yaxshiligidan ham norozi bo‘lib fikr bildirayotgan insonlarimizga qoldirgan video sabab bo‘ldi.

Albatta Halima hayoti mobaynida o‘zi uchun turib kelayotgan ayol, u-bu kim uni haqorot qilsa, u ham haqorot qilib javob berish darajasigacha borgan paytlari bo‘lgan. Buning uchun adashmasam, manimcha uning litsenziyasini ham olishgan edi. Bu haqda ‘O‘zbeknavo’ uni muhofaza qilmagani uchun fikrlarimni bildirib, video qoldirdim.

Menga kelsak, meni ham oddiy xalq uchun qo‘yilgan hajviy videolar uchun ham qanchalik haqorat qilishadi. Kerak bo‘lsa yaqinda bittasi ‘Ohun akani ashulasini buzsang sani o‘zim o‘ldiraman’, deb tahdid ham qilgan. Bunaqa odamlarga kim chora ko‘rishi kerak bo‘lsa, chorasini ko‘rishi kerak
, - deydi Jahongir Otajonov.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekkonsert» tomonidan 2019 yilda ijtimoiy tarmoqlarda san’atkor odobiga rioya etmagani uchun qiziqchi Ibragimova Halima Ubaydullayevnaning litsenziyasi olib qo‘yilgan edi.

2019 yilning 14 oktabr kuni Jahongir Otajonov litsenziyasidan ayrildi, «O‘zbekkonsert» xonandaning so‘nggi vaqtlardagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har xil videolavhalari va undagi xatti-harakatlarini buning sababi qilib ko‘rsatgan edi.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasida 2019 yilning 16 oktabr kuni shoshilinch brifing o‘tkazilib, yig‘ilishda xonandalar Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va qiziqchi Halima Ibragimovaning litsenziyasi qaytarib berganini ma’lum qilgan.

Ushbu yig‘ilishda xonandalarning litsenziyasi aynan nima sababdan qaytarilganligi ma’lum qilinmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov: «Ohunjon Madaliyevning ashulasini buzsang, o‘ldiraman deyishdi» (video)