21:21 / 05.04.2020
4 088

Sevara Nazarxon «Ippodrom»da choy sotib, pul topgani haqida gapirdi

Sevara Nazarxon «Ippodrom»da choy sotib, pul topgani haqida gapirdi
Instagram / @sevara_nazarkhan
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon MyDay stories dasturiga intervyu berdi. Xonanda ushbu suhbat davomida bir necha yil avval pul topish uchun «Ippodrom» (Chilonzor buyum bozori, sobiq Otchopar) bozorida choy sotgani haqida gapirdi.

«Ba’zan mendan so‘rashadi, ‘Sizning auditoriyangiz, muxlislaringiz boshqalarnikidan farq qiladi. Bu natijaga qanday erishgansiz, ularni qanday topasiz’ deb. Shu payt men ikki yil «Ippodrom»da choy sotgan davrlarimni eslayman. Bu hayotimdagi eng muhim va qo‘rqinchli damlar edi. Onam ikkalamiz idishlarni yaxshilab yuvib, yoniga muz qo‘yib, choy sotardik. Bu bilan nima demoqchiman, men har doim oddiy odamlar qatorida bo‘lganman. Hozir ham shundayman, boshqalardan kuchli darajada farq qilaman, deb o‘ylamayman. Ko‘chada tanib qolishsa, ha, bu yoqimli holat, xursand bo‘laman. Lekin men ham boshqalar singari oddiy odamman», — deydi xonanda.

Sevara Nazarxonning aytishicha, u konsertlariga chipta narxini belgilashda ham odamlarning sotib olish imkoniyati bilan hisoblashadi. «Imkon qadar odamlarimizga og‘ir bo‘lmaydigan qilib, chiptalarga narx qo‘yamiz. Toki hamma konsertga kirish imkoniyatiga ega bo‘lsin», — deya so‘zlarini davom ettiradi Sevara Nazarxon.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sevara Nazarxon «Ippodrom»da choy sotib, pul topgani haqida gapirdi