17:50 / 06.04.2020
2 363

Xivada sovrin jamg‘armasi 37 ming dollar bo‘lgan festival o‘tkaziladi

Xivada sovrin jamg‘armasi 37 ming dollar bo‘lgan festival o‘tkaziladi
Xiva xalqaro raqs festivaliga mezbonlik qilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2022 yildan boshlab «Lazgi» xalqaro raqs festivali o‘tkazilishi kutilmoqda. Ushbu festivalni an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta sentabr oyining ikkinchi yarmida tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2022 yil festival doirasida «Raqs san’ati tarixiy-nazariy aspektlari: «Lazgi»ning umumbashariyat ma’anviy-estetik taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Madaniyat vazirligining viza talabnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari belgilangan tartibda konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtiradi.

Qayd etilishicha, festivalning umumiy mukofot jamg‘armasi 37,000 AQSH dollari bo‘lishi belgilangan.
Qaror loyihasiga joriy oyning 18 sanasiga qadar o‘z taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xivada sovrin jamg‘armasi 37 ming dollar bo‘lgan festival o‘tkaziladi