00:05 / 13.04.2020
10 051

«O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin», Sherali Jo‘rayev duosi. Mashhurlar karantinda (foto, video)

«O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin», Sherali Jo‘rayev duosi. Mashhurlar karantinda (foto, video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslik harakatida. 12 aprel, yakshanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va fotolar joyladi.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xasta bo‘lma» deb nomlangan taronasini joyladi. Ushbu lavha Yulduz Usmonovaning «Sevimli» kanalidagi «Sevimli yuduz» loyihasidan olingan.
View this post on Instagram

@yulduzusmonovamusic @mansur_agaliev

A post shared by Yulduz Usmonova (@yulduzibragimovnausmonova) on


Aktrisa Durdona Qurbonova O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning «O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin» misrasi bilan boshlanadigan she’rini o‘qib, sahifasiga joyladi. Uning muxlislari ushbu lavhani yaxshi kutib oldi.
View this post on Instagram

O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin. Bardoshim haqida ash’or to‘qisin, Mendan norozilar fikridan qaytsin. O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin, Aytolmay qolganim desin Ollohga, Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin, Bilmagan bilganim desin Ollohga. O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving, Toki, kafanlarim ketmasin kuyib, Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying, Boray huzuriga ozgina sovib. O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling, Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda. Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling, Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda… O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga, Toki, soyasida tilovat o‘qing. Cho‘milib yashadim ko‘zim yoshiga, Yig‘lamang, siz faqat salovat o‘qing. Kichkina yasating qabrtoshimni, Qur’on oyatlarin yozdiring o‘yib, Yozmang qabrtoshga umrim, yoshimni, Men safarga ketdim chorig‘im kiyib. O‘lsam, oyoq tomon, o‘ng tomonimga, To‘rt kishi sig‘arlik kursi yasating, Sog‘inib kelsangiz ixlosla o‘qing, Qabrimni gul emas, Qur’on bezasin.

A post shared by ??????? ????????? (@durdona_kurbonova) on


Bugun, 12 aprel kuni, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 73 yoshini qarshiladi. Sherali Jo‘rayev tug‘ilgan kunida bugungi sinovli kunlarda jonini ayamay mehnat qilayotgan shifokorlar, hamshiralar, Milliy gvardiya xodimlari hamda vatan uchun uxlamasdan yurtga xizmat qilayotgan insonlarga minnatdorchilik bildirdi. Sherali Jo‘rayev «Xudo xohlasa, ro‘zayi ramazon oylarida shu balolardan barchamiz qutulib ketaylik, uyda bo‘linglar», — deya duo qilib, fikrlarini yakunladi.

Bundan tashqari, Sherali Jo‘rayevning farzandlari Shohjahon hamda Zohirshoh Jo‘rayevlar ham tabriklab, o‘zlarining Instagram sahifalariga foto postlar joyladi.
https://www.instagram.com/p/B-4h6NXhzQF/?utm_source=ig_embed

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin», Sherali Jo‘rayev duosi. Mashhurlar karantinda (foto, video)