12:43 / 26.04.2020
6 212

Dizayner, yozuvchi, prodyuser: Hind aktyorlari qaysi kasb egalariga uylangan?

Dizayner, yozuvchi, prodyuser: Hind aktyorlari qaysi kasb egalariga uylangan?
Yulduz va mashhurlarning nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayoti ham muxlislar uchun qiziqarli hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zining esda qolarli rollari bilan taniqli bo‘lgan Bollivud yulduzlari hamisha e’tibor markazida bo‘lgan. Quyida bir qancha mashhur aktyorlarning rafiqalari qaysi kasb egasi ekanligiga izoh berib o‘tamiz.

Shohruhxonning turmush o‘rtog‘i Gauri Xon — interer dizayneri va prodyuser

Foto: Getty Images
Bollivud qiroli Shohruhxonning rafiqasi Kolkata Knight Riders hamda Red Chillies entertainment prodyuserlik kompaniyasi egalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, uning D’décor nomli interer do‘koni ham bor. Gauri qat’iy tartib-intizom sabab o‘zini muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblaydi. Bu hali hammasi emas, uning nomi bilan atalgan kompaniya ham bor va Gauri boshchiligidagi dizaynerlar jamoasi, mashhur mehmonxona va restoranlarni jihozlash bilan shug‘ullanadi.

Ritik Roshanning turmush o‘rtog‘i Syuzanna Roshan — interer dizayneri

Foto: Getty Images
Bugunga kelib Ritikning sobiq turmush o‘rtog‘i deb aytiladigan Syuzanna ham interer dizayneri. Qolaversa, u The Charcoal Project do‘koni sohibasi hisoblanadi.

Akshay Kumarning turmush o‘rtog‘i Tvinkl Khanna— interer dizayneri, yozuvchi

Foto: Getty Images
Akshay Kumarning rafiqasi dizaynerlikdagi muvaffaqiyatli faoliyati sabab Elle Décor xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan. Tvinkl, shuningdek,​ yozuvchi sifatida ham yaxshi ma’lum. U kitob yozishdan tashqari ba’zi-ba’zida The Times of India singari nashrlarga maqola yozadi.

Amirxonning turmush o‘rtog‘i Kiran Rao— rejissyor va prodyuser

Foto: Getty Images
Amirxonning rafiqasi Kiran Rao karerasini rejissyor yordamchisi sifatida boshlagan. «Mumbay kundaligi» filmi uning birinchi rejissyorlik ishi bo‘lgan.

Sunila Shetti turmush o‘rtog‘i Mana Shetti — modeler

Foto: Getty Images
Aktyorning rafiqasi faqatgina modelerlik bilan cheklanmagan. U do‘konlar dizayni hamda bolalarga yordam ko‘rsatish dasturlarini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dizayner, yozuvchi, prodyuser: Hind aktyorlari qaysi kasb egalariga uylangan?