03:50 / 03.05.2020
8 203

Asalga sevgisini rus tilida izhor etgan Shohruhxon. Mashhurlar karantinda (foto, video)

Asalga sevgisini rus tilida izhor etgan Shohruhxon. Mashhurlar karantinda (foto, video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 2 may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’at ahli va ko‘ngillilarga murojaat qilib, toshqin oqibatida aziyat chekkan sirdaryoliklarga yordam berishga chaqirdi.
View this post on Instagram

Жорий йилнинг 5 - май куни Маданият вазирлиги ташаббуси билан СИРДАРЁ ВИЛОЯТИ, САРДОБА ТУМАНИ ТОМОН ИНСОНПАРВАРЛИК КАРВОНИ ЙЎЛГА ЧИҚАДИ. Шу муносабат билан мазкур хайрли ишга моддий ёки бошқа турда (кийим-кечак, маиший техника, канцтовар ва ҳоказо) ҳисса қўшмоқчи бўлганлар ўз кўмакларини “Ўзбекконцерт” давлат муассасаси Туркистон санъат саройига етказишлари, нақд пулсиз ёрдамларини эса қуйидаги рақамларга ўтказишлари мумкин. Uzcard, Click, Payme 8600 3329 5320 6368 TURAXANOV ABDUMALIK Виза пластик карта рақами: 4084 1700 0068 2767 NASIBA DJAMALDINOVA Мурожаат учун телефон рақами: +99899 0701133, +998951942323

A post shared by Nazarbekov Ozodbek Axmadovich (@ozodbek_axmadovich) on


Xonanda Shohruhxon «Gulim» deb nomlangan qo‘shig‘i va klipini taqdim etdi. Klipda bosh rolni uning rafiqasi, aktrisa Asal Shodiyeva ijro etgan. Shohruhxon klipda Asal Shodiyevaga sevgisini rus tilida izhor etgan.

Aktrisa Feruza Normatova toshqin oqibatlaridan aziyat chekkan sirdaryoliklarga sabr tiladi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva folloverlarini shukr qilishga, atrofdagi yaxshiliklarni his etishga chaqirdi.
View this post on Instagram

Tun ... hayollarni hayollarga ulaydigan tun... uzun yo’llar , yo’lda nimanidur uchratarkanmiz nimanidur toparkanmiz , sevinarkanmiz, yoqotarkanmiz ... faqatgina bu yo’llardan qilib o’tgan yaxshiliklarimiz, eng go’zal amallarimiz ortimizdan qolar ekan. Arzimagan narsalarga qimmatli vaqtimizni sarflarkanmiz, qadrimizga yetganni qadrlamas ekanmizda, qadrimizga yetmaganlarni esa yuragimizni tubiga yashirib asrab avaylarkanmiz. Boriga shukur qilmasdan , atrofdan yana nimalarnidir kimlarnidir izlarkanmiz. Aslida qidirishga xojat yo’qligini, yaratgan tomonidan taqdim etilgan eng yaxshilari yonginamizda ekanini esa juda kech tushinib yetarkanmiz. Nima bo’lganda ham yaratganning marhamatlariga shukrona keltirib , yashash har birimizga nasib qilsin. Ushbu satrlarni o’qidingizmi, yonginangizdagi Allohning sizga bergan eng chiroyli marhamatiga yani juftingizga Sevishingizni ayting, uni dunyolarga alishmasligingizni bildiring, bu so’zlar siz uchun armonga aylanmasin, bu so’zlardan kuch olgan juftingiz siz uchun yanayam yaxshi bo’lishga intilsin. Sizni umr yo’lingizda ham Baxtli qiladigani , jannatlarda sizga sayobon bo’ladigani ham aynan begona emas, ko’chaniki emas, yoningizdagi halolingiz ekanini tushunib yeting. Kech emas , hozir ayni vaqti!... #TunggiSatrlar ❤️

A post shared by Sadullaeva Muqaddas (@muqaddas_sadullaeva) on


Xonanda Munisa Rizayeva hayotidagi sinovli kunlar haqida gapirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Asalga sevgisini rus tilida izhor etgan Shohruhxon. Mashhurlar karantinda (foto, video)