22:43 / 07.05.2020
7 103

Bollivud yulduzlari karerasidagi eng katta xatolar

Bollivud yulduzlari karerasidagi eng katta xatolar
Foto: Bollywood Hungama
Hamma xato qilishi tabiiy, lekin shunday xatolar borki, vaqt o‘tib ular tahlil qilinganda «til tishlab qolinishi» mumkin. «Yandeks Dzen» platformasida e’lon qilingan Bollivud yulduzlari ijro qilishdan bosh tortgan rollar buning yaqqol misoli.

Shohrux Xon ikki marotaba Oskar mukofotidan bebahra qolgan. Bunga «Bir kuni Hindistonda» (Lagaan) va «Xarobadan chiqqan millioner» (Slumdog Millionaire)dagi qahramon rolini o‘ynash taklifini rad qilgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, aktyor «Munnaboy» filmidagi bosh qahramon rolini ijro qilishdan ham bosh tortgan.

Foto: Film Beat
Salmon Xon karerasi davomida quyidagi omadsiz qarorlarni qabul qilmaganida Bollivud qiroli bo‘lgan bo‘lardi. U «Firibgar» (Baazigar) filmida rol ijro qilish taklifini rad qilgan va ushbu rol Shohrux Xonga nasib qilgan. Agar aktyor yaxshilab o‘ylab ko‘rib keyin qaror qilganida edi, biz «O‘tkinchi dunyo» (Kal Ho Naa Ho) filmidagi Saif Ali Xon rolida Salmon Xonni ko‘rishimiz mumkin bo‘lardi. Uning yana bir noto‘g‘ri qarori «Olg‘a, Hindiston» (Chak De India) filmida rol o‘ynashdan bosh tortgani bo‘lgan.

Foto: Bollywooddirect
Amir Xon karerasidagi xato qarorlar boshqa yulduzlarniki kabi ko‘p emas. Aktyor 90 yillarda ekran yuzini ko‘rgan «Qo‘rquv» (Darr) filmidan tushgan taklifni rad qilgan.

Foto: The Weyek
Karina Kapur so‘nggi vaqtlarda ajoyib rollarni tanlayotgan bo‘lsa-da, karerasida bir necha marta noto‘g‘ri qaror qabul qilgan. «Sevaman, deb ayt» (Kaho Naa Pyaar Hai) filmi buning yaqqol misoli. Agar «O‘tkinchi dunyo» filmida o‘ynashdan bosh tortmaganida, Priti Zinta rolida Karinani ko‘rgan bo‘lardik. Shuningdek, aktrisa Page 3 va «Ram va Lila» filmlarida ishtirok etishni istamagan.

Foto: India
Ritik Roshan ham yuqoridagi hamkasblaridan qolishmaydi. U do‘sti Farxan Axtarning debyut filmi «Orzumand yuraklar» (Dil Chahta Hai)da rol o‘ynashdan bosh tortgan. Rejissyor Ashutosh Govarikerning «Vatanga qaytish» (Swades) filmida bosh qahramonni jonlantirishni istamagani aktyor karerasidagi eng katta xato bo‘lgan. Qolaversa, Ritik «Za’faron rangi» (Rang De Basanti) rolidan ham bosh tortgan.

Foto: T2 Online
Akshay Kumar «Firibgar» hamda «Maqbul» (Maqbool) filmlarida rol ijro etish taklifini qabul qilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud yulduzlari karerasidagi eng katta xatolar