21:05 / 08.05.2020
6 784

Manzura turmush qurmagani va farzandsizligi haqidagi savollar dilini vayron qilishini aytdi

Manzura turmush qurmagani va farzandsizligi haqidagi savollar dilini vayron qilishini aytdi
Foto: Instagram/@manzura_singer
Xonanda Manzura marhum ota-onasi bilan so‘nggi marta qilgan sayohatini xotirladi. Xonanda ota-ona insonning eng yaqin do‘sti ekanligini bildirib, so‘nggi paytlarda uning dilini vayron qilayotgan savollar haqida ham gapirdi.

«Ramazon hammamiz uchun kutilgan oy, lekin men uchun aynan shu oy yanada qadrli, aynan shu oyda ota-onam bilan oxirgi marta sayohatga chiqqandim. Ular keksa edi, ob-havo juda isib ketmasidan Antaliyaga yo‘l oldik.

Insonning hayotida, albatta, do‘stlari bo‘ladi, faqat biz buni har doim ham anglamaymiz. Eng yaqin do‘st — bu sening ota-onang. Ular dunyodan o‘tganidan keyin senga hamisha hamroh va do‘sting Alloh.

Har bir ota-ona o‘z farzandining kelajakdagi taqdirini o‘ylab, Allohga omonat qilib, dunyodan o‘tadi. Harakat qiling, imkon qadar ular bilan vaqt o‘tkazishga va yana ularni rozi qilishga.

Ota-ona shunday ne’matki, qanaqa bo‘lishingdan qat’i nazar ular seni yaxshi ko‘raveradi. Boshqalarning gapidan xulosa qilib, sening yaqining bo‘lib, dushmanlik qilmaydi.

‘Nega farzanding yo‘q, nega turmushing yo‘q?’ deb sendan qayta-qayta so‘rab, dilingni vayron qilmaydi. Ota-ona senga Xudodan xotirjamlik, gunohlaringni afv etishini so‘rab, sen uchun jannatlardan qasrlar so‘raydi
», — deb yozadi Manzura.
View this post on Instagram

Ассалому алайкум...Розаи Рамозон ойини 3чи жумаси муборак булсин...Розаи Рамазон хаммамиз учун энг кутилган ой,лекин ман учун айнан шу ой янада кадрли,айнан шу ойи ота онам билан охирги саехатга чикган эдик..Улар кекса эдилар ва иклим жазирама иссик булмасидан июн ойида Анталияга йул олдик,ва шу период Розаи Рамозонга тогри келган эди...Инсонни хаетида албатта дустлари булади,факат биз буни хардоимам уз пайтида англамаймиз..Энг якин дустинг бу сани Ота Онанг уларни бу дунедан утганларидан кеген эса факат сенга хамиша хамрох ва дустинг булиб келганАллох❤️..Хар бир ота она уз фарзандини келажакдаги тагдирини уйлаб Аллахга омонат килиб бу дунедан утади...Харакат килинг имкон кадар улар билан вакт утказишга ,ва уларни Рози килишга.Ота Она шундай нематки сен канака булингдан кати назар улар сени яхшикурашиверади,бошкаларни гапидан хулоса килиб сенга якининг булиб туриб душманлик килмайди,нега фарзандинг йук ,турмушинг йук деб сенга кайта кайта сураб дилингни вайрон килмайди...Ота Она сенга Худодан хотиржалик ,гунохингни барчасини авф этилишини сураб сен учун Жаннатдан касрларини сурайди?...

A post shared by Алхамду❤️лиллах (@manzura_singer) on


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Manzura turmush qurmagani va farzandsizligi haqidagi savollar dilini vayron qilishini aytdi