13:53 / 10.05.2020
10 440

Bollivudning 30 dan oshgan, boshi ochiq aktrisalari (foto)

Bollivudning 30 dan oshgan, boshi ochiq aktrisalari (foto)
Chiroyli, muvaffaqiyatli, iste’dodli va boshi ochiq. Gap «Yandeks Dzen» platformasida e’lon qilingan, 30 dan oshgan Bollivud yulduzlari haqida ketyapti.

Katrina Kaif — 36 yosh

Foto: Beyazperde
Katrina Kaif bir necha yillardan beri Hindistonning eng talabgir aktrisalaridan biri hisoblanadi. U ishtirok etgan filmlar namoyishi muxlislar bilan to‘lib-toshadi. Katrina avvalroq Salmon Xon, Ranbir Kapur bilan munosabatda bo‘lganiga qaramay, ayni vaqtda boshi ochiq.

Parinita Chopra — 31 yosh

Foto: Gulf News
Parinitaning debyut «Sevgi isyonchilari» filmida zamonaviy Juliettani jonlantirgan roli, nafaqat muxlislar, balki kinotanqidchilar tomonidan ham ijobiy baholangan. Ammo so‘nggi vaqtlarda, aktrisa karerasida o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanmayapti. Shunga qaramasdan u o‘zini turli janrlarda sinab ko‘rishdan to‘xtamaydi. Bir vaqtlar rejissyor Manish Sharma bilan uchrashib yurgan aktrisaning, ayni damda shaxsiy hayotida hech kim yo‘q.

Tabu — 48 yosh

Foto: New Indian Express
Yosh va go‘zal Tabu Bollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biri, u ijrosidagi rollar hamisha qiziqarli va esda qolarli ekani bilan ajralib turadi. Karerasida muvaffaqiyatga erishgan aktrisaning shaxsiy hayotda omadi chopmagan, u avvalroq oilali aktyor Nagarjunga ilakishib qolgan. Hozir esa boshi ochiq.

Sonakshi Sinxa — 32 yosh

Foto: Daily Excelsior
Sonakshi ilk faoliyatini Salmon Xon bilan birga suratga tushgan «Qo‘rqmas» filmidan boshlagan. U hind muxlislarini, qiyofasi va milliy kiyinish uslubi bilan o‘ziga rom qilgan. Aktrisa bergan intervyulardan birida taniqli aktyor bilan iliq munosabatda bo‘lganini ta’kidlagan, ammo «mashhur janob X» kim ekanini bilish hech kimga nasib qilmagan.

Kangana Ranaut — 33 yosh

Foto: Gulf News
Iste’dodli aktrisalardan biri hisoblangan Kangana, uch marotaba milliy film mukofotini olishga muyassar bo‘lgan. Kangana avvalroq, Aditya Panchol va Ritik Roshan bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.

Shraddxa Kapur — 33 yosh

Foto: Getty Images
Shraddxa nafaqat aktrisa, balki qo‘shiqchi sifatida ham tanilib ulgurgan. U hamkasblaridan Aditya Roy Kapur va Farxan Axtar bilan sevishgan.

Jaklin Fernandes — 34 yosh

Foto: Phoneky
«Miss Shri Lanka-2006» deb e’tirof etilgan Jaklin, Bollivudga «Olovuddin» filmidagi roli orqali qadam qo‘ygan. U va rejissyor Sadjid Xan o‘​rtasida suratga olish jarayonlaridan birida boshlangan munosabatlar, uzoqqa bormagan. Ammo aktrisa ruhan tushkunlikka tushmagan buni rejissyordan keyin davomiy bo‘lgan oshiqlar ro‘yxatidan ham bilish mumkin. Shayh Hasan bin Rashid, Bahrayn shahzodasi, amerikalik aktyor Adam Kalder, shuningdek, Salmon Xon va Arjun Kapur bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan Jaklin hayotida ayni damda hech kim yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivudning 30 dan oshgan, boshi ochiq aktrisalari (foto)