20:40 / 11.05.2020
4 848

Lola: Shunday kun keladiki, sen hech qachon avvalgidek bo‘la olmaysan

Lola: Shunday kun keladiki, sen hech qachon avvalgidek bo‘la olmaysan
Foto: Instagram/@lolaofficial_
Xonanda Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshevning vafoti haqidagi postidan keyin salkam 40 kun deganda Instagram’da ko‘rinish berdi. U insonni tubdan o‘zgartirib yuboradigan hodisalar haqida mulohaza yuritdi.

«Hammasi joyida. Biz kuchli, bardoshli, chidamli ekanligimizga, o‘zimiz haqimizdagi hamma narsani bilishimizga juda ishonishimiz mumkin, biroq shunday kun keladiki, u sening hayotingni avval va keyinga ajratib yuboradi. Bundan keyin sen hech qachon avvalgidek bo‘lmaysan…
Siz bilan hozir murakkab davrda yashab o‘tyapmiz. Umid qilamanki, xotirjam va sabrlisiz. Xonadongizga tinchlik tilayman
», — deb yozadi Lola.

Eslatib o‘tamiz, Lolaning otasi, «Tarona rekords» kompaniyasi rahbari Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. Ravshan Yo‘ldoshev nafaqat taniqli prodyuser, balki sohada uzoq muddat faoliyat olib borgan ichki ishlar organi xodimi ham bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola: Shunday kun keladiki, sen hech qachon avvalgidek bo‘la olmaysan