03:45 / 23.05.2020
2 409

Kristofer Nolanning «Dalil» filmining yangi treyleri chiqdi (video)

Kristofer Nolanning «Dalil» filmining yangi treyleri chiqdi (video)
Foto: Digitaltariq
Rejissyor Kristofer Nolanning «Dalil» nomli filmining yangi treyleri chiqdi. Film syujeti haqida haligacha biror nima ma’lum emas, deb xabar beradi Meduza.

Bosh qahramon (Jon Devid Vashington ijrosidagi) «to‘g‘ri eshiklarni ochuvchi» «dalil» so‘zini biladi, xolos. Yana protagonist vaqtni boshqara oladi va shu orqali Uchinchi jahon urushining oldi olinishi kerak.

E’tiborli jihati, treyler premerasi Fortnite o‘yinida bo‘lib o‘tgan. Avvalroq o‘yinda «Yulduzlar jangi» to‘qqizinchi epizodiga taalluqli sahnasi namoyish etilgandi, reper Trevis Skott uyushtirgan virtual konsertni esa 12 milliondan ortiq o‘yinchi tomosha qilgan. The Game Awards marosimi tashkilotchisi Jeff Kilining so‘zlariga ko‘ra, yozda Fortnite’da Nolanning filmini to‘liq tomosha qilish mumkin.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, birinchi treylerdan farqli o‘laroq, yangi rolikda film premerasi ko‘rsatilmagan — 2020 yil 17 iyul. U faqatgina treylerning nomida qolgan. Ehtimol, studiya pandemiya sabab premerani ko‘chirishi mumkin.

«Dalil» filmida, shuningdek, Robert Pattinson, Elizabet Debiki, Maykl Keyn, Kennet Brana va Yuriy Kolokolnikov suratga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kristofer Nolanning «Dalil» filmining yangi treyleri chiqdi (video)