15:06 / 26.05.2020
5 238

Farruh Soipov internetdagi soxta Farruh Soipovlarga murojaat qildi (video)

Farruh Soipov internetdagi soxta Farruh Soipovlarga murojaat qildi (video)
Foto: «Daryo»
Bir qancha filmlardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan, ammo bugungi kunda kino olamidan butunlay voz kechgan aktyor Farruh Soipov «Daryo» uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Farruh Soipov suhbat davomida ijtimoiy tarmoqlarda uning nomi bilan soxta sahifalar ochgan bloger va sahifa ma’murlariga murojaat qildi.

- Internet tarmoqlarda, turli xil saytlarda har xil odamlar mening nomimdan sahifalar ochib tashlabdi. So‘nggi vaqtlarda bundan sahifalar juda ham ko‘payib ketibdi. Bu sahifalardan nomimdan nojo‘ya kontentlar ham joylanayotgan ekan. Bu ish asli xatarli, fitnaga sabab bo‘ladigan narsa. Nafaqat bu dunyoda, balki oxiratda ham buning javobi baribir bo‘ladi. Chunki bu — tuhmat o‘rnida bo‘ladi. Masalan, bir odam mening nomimdan yozib, har xil fikrlarni bildirib, turli xil yo‘llarga chaqiradigan bo‘lsa, bir fitnaga olib keladi. Ya’ni birovning nomidan yolg‘on ma’lumot tarqatish bo‘lib qoladi.

Qolaversa, o‘zim nojo‘ya deb bilgan domlalarni taklif qilishi mumkin. Shuning uchun biz bunday bloger va sahifa ma’murlarini Allohdan qo‘rqishlikka chaqiramiz. Har bir narsaning javobgarligi bor. Ular da’vat qilyapmiz, deb o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin. Biroq da’vat birovni nomidan har xil narsalarni aralash tarqatish bilan qilinmaydi. Shuning uchun ular o‘zlarining faoliyatlarini davom ettirishadigan bo‘lsa, nomimni o‘chirib tashlab, boshqa bir nom bilan sahifalarini yuritishlarini iltimos qilamiz
, - Farruh Soipov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Farruh Soipov internetdagi soxta Farruh Soipovlarga murojaat qildi (video)