09:43 / 31.05.2020
3 851

Mashhurlar karantinda (foto, video)

Mashhurlar karantinda (foto, video)
O‘zbek shou-biznes vakillari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 30 may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joylashdi.
Qiziqchi Zokir Ochildiyev, aktrisa Zuhra Soliyeva hamda Abror Baxtiyorovich Instagram’dagi yangi chellenj uchun qiziq video tayyorlashdi.

Aktyor Yigitali Mamajonov «Oldinga qochsam ham, ortga qochgan taqdirda ham, o‘zimdan qochib qutula olmas ekanman» degan so‘zlar bilan grimmda tushgan fotosini sahifasiga joylashtirdi. Ushbu so‘zlar «Qochoq» serialidan olingan ekan.

Xonanda Munisa Rizayeva «Men baxtliman» degan izoh va tabassum bilan tushgan fotosini sahifasiga joylashtirdi.

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev Instagram’dagi fotopostiga Charli Chaplindan iqtibos keltirdi.

«Million» jamoasi a’zosi Mo‘min Ibrohimov gol urishda o‘xshamagan usuli aks etgan lavhani muxlislarga namoyish etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mashhurlar karantinda (foto, video)