20:35 / 02.06.2020
9 176

Matyoqub Matchonov do‘sti Hoshim Arslonovning qanday kasallikdan vafot etganini ma’lum qildi (video)

Matyoqub Matchonov do‘sti Hoshim Arslonovning qanday kasallikdan vafot etganini ma’lum qildi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 29 may kuni 64 yoshida olamdan o‘tdi. Hoshim Arslonovning do‘sti Matyoqub Matchonov «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Hoshim Arslonovni xotirlab, do‘sti qanday kasallik bilan vafot etgani haqida gapirib berdi.

- Biz 47 yillik qadrdonmiz. Institutga hujjat topshirgan vaqtlarimiz, o‘sha abituriyentlik davrlarimizdan do‘st tutingan edik. ‘Hoshim Arslonov oramizdan ketdi’, deyish men uchun juda ham og‘ir gap. Lekin har bitta o‘limga inson ibrat sifatida qarashi kerak. O‘lim Hoshim Arslonovni jismini olib ketgan bo‘lishi mumkin, ammo uning ruhi, qilgan ishlari, aygan so‘zlari hamisha yodimizda, qalbimizda. Hozir go‘yoki Hoshim suratga olish maydonchasiga yoki gastrol safariga ketgandek tuyilmoqda.

Ba’zi insonlar borki, o‘zining qilgan ezgu ishlari, insonga bo‘lgan munosabati, do‘stiga bo‘lgan sadoqati bilan hech qachon o‘lmaydi. Hoshim men uchun hech qachon o‘lmagan, o‘lmaydi ham. Chunki meni aqlim bor ekan, fikrlash qobilyatimdan cheklanmagan ekanman, qo‘pol qilib aytganda, tomim ketmagan ekan Hoshim har doim meni yonimda.

Shunday narsalar borki, inson ichidagi sir-asrorini oilasi, bola-chqasi-yu xotiniga ayta olmasligi mumkin, lekin yaqin do‘stiga bularni barchasini oshkor qilar ekan. Hoshim Arslonov mana shunaqangi do‘stlardan bittasi edi. San’atda do‘stlarim ko‘p emas, ular barmoq bilan sanaydigan darajada kam, hammasini o‘z o‘rni bor, ammo Hoshimning o‘rni bo‘lak edi.

Biz 47 yillik qadrdonmiz, teatrga birga kelib, hattoki teatrdan birga ketdik. Ko‘z ochib ko‘rgan teatriga juda ham sadoqatli inson edi, mana shu sadoqatli insonni qadri oxirgi vaqtda poymol qilindi. Hoshim saraton kasali bilan vafot etdi. Saraton kasalining asosida, negizida nerv, asab yotadi
, - deydi Matyoqub Matchonov.

Ma’lumot uchun, Hoshim Arslonov «Marg‘iyona», «Alpomish», «Chavandoz», «Advokatlar», «Qasos», «So‘nggi nafasimgacha» kabi o‘nlab filmlarda suratga tushgan. Aktyor dublyaj sohasida ham samarali faoliyat yuritgan. U bir filmda bir necha obrazlarga ovoz bera olishi bilan nom qozongan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Matyoqub Matchonov do‘sti Hoshim Arslonovning qanday kasallikdan vafot etganini ma’lum qildi (video)