22:56 / 02.06.2020
3 295

O‘zbekistonning barcha telekanallarida Said Ahmad hayotiga bag‘ishlangan serial namoyish qilinadi

O‘zbekistonning barcha telekanallarida Said Ahmad hayotiga bag‘ishlangan serial namoyish qilinadi
Foto: «O‘zbekkino»
8-12 iyun kunlari O‘zbekistonning barcha davlat va nodavlat telekanallarida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Sabru sadoqat» nomli serial namoyish [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA2LzAyL296YmVraXN0b25uaW5nLWJhcmNoYS10ZWxla2FuYWxhcmlkYS1zYWlkLWFobWFkLWhheW90aWdhLWJhZ2lzaGxhbmdhbi1zZXJpYWwtbmFtb3lpc2gtcWlsaW5hZGk%3D]qilinadi[/leech].

«O‘zbekkino» Milliy agentligining maxsus loyihasi bo‘lgan, besh qismli ushbu serial yozuvchi va uning rafiqasi Saida Zunnunova hayotiga bag‘ishlangan. Kinoserial 1950-1955 yillardagi real voqealarga asoslangan. Rejissyor Hamidulla Boboqulov «Sabru sadoqat» teleserialini Nozim Abbosovning «Said bilan Saida» filmi asosida suratga olgan.

«Bu maxsus loyiha «Said bilan Saida» filmiga kiritilmay qolgan yangi sahnalar bilan boyitildi. Bu tomoshabinlar uchun Said Ahmadning 100 yilligi uchun tuhfa bo‘ladi. Buyuk yozuvchi haqidagi serialni suratga olish esa Nozim Abbosovning ezgu orzusi edi va bu orzu endilikda ro‘yobga chiqadigan bo‘ldi.

Foto: «O‘zbekkino»
Tomoshabinlar filmni tomosha qilish orqali mehr-muhabbat, ulkan bardosh, kuchli matonat, bukilmas iroda, yengilmas g‘ururga guvoh bo‘lishlari mumkin», – deyiladi «O‘zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim qilgan axborotida.

Foto: «O‘zbekkino»
Taniqli yozuvchi, O‘zbekiston qahramoni Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920 yili Toshkentning «Samarqand darvoza» mahallasida ziyoli oilasida tug‘ilgan. U dastlab «Mushtum» jurnalida, Radio komitetida (1942—1943), «Qizil O‘zbekiston» gazetasi (1943—1947), «Sharq yulduzi» jurnalida (1948—1950) va so‘nggi yillarda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limiga boshchilik qiladi. Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami «Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi.

Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy usullarning xilma-xilligiga erishishga intildi. «Cho‘l burguti», «O‘rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘y boshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham yangilik bo‘ldi,

Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniyesida miniatyuralar teatriga asos solgan.
«Ufq» trilogiyasida yozuvchi urushdan oldingi va undan keyingi davr hayotiy muammolari haqida bahs yuritadi. «Jimjitlik» (1988) romanida esa turg‘unlik davri illatlarini fosh etishga intildi.

Ayniqsa, yozuvchining pesalari katta shon-sharaf va mashhurlik keltirgani ko‘pchilikka ma’lum. Jumladan, ular ichida «Kelinlar qo‘zg‘oloni» komediyasi alohida ajralib turadi. Ushbu asar teatrda, kinoda o‘z o‘rnini topgandan so‘ng Said Ahmad nomini o‘zbek adabiyoti klassik namoyandalari qatoriga ko‘tardi. Yozuvchining bu komediyasi dunyoning 14 ta mamlakatida sahnalashtirilgan.

Foto: «O‘zbekkino»
«O‘zbekkino» xabarida aytilishicha, aksiya doirasida 8-12 iyun kunlari shuningdek, Said Ahmad ssenariylari asosida suratga olingan «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «To‘ylar muborak» va «Muhabbat mojarosi» filmlari sifati yaxshilangan holatda tomoshabinlar e’tiboriga qayta taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonning barcha telekanallarida Said Ahmad hayotiga bag‘ishlangan serial namoyish qilinadi