4 100
Ozoda Nursaidova Shavkat Mirziyoyevga san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlovchi farmoni uchun minnatdorchilik bildirdi (video)
Ozoda Nursaidova Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 26 maydagi «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga munosabat bildirdi.
«Bu shaxsan men uchun, bastakor, ijodkor uchun olamshumul yangilik. Ya’ni mening ko‘p yillik muammolarimning yechimi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Har bir san’atkor o‘z asarlarining ham moddiy, ham ma’nan e’tirof etilishini xohlaydi. Chunki bu asarlar bizning borlig‘imiz. Ular bizning mulkimiz hisoblanadi. Mulk himoyasiz bo‘lsa, san’atkor ijod qilgisi kelmaydi.
Qariyb 15-20 yildan beri ushbu muammoni yecha olmayotgan edik. Turkiyaga borib, bastakorlar uyushmasiga a’zo bo‘lardik, o‘zimizda muammoning yechimini topa olmayotgandik. Bu, albatta, san’at va madaniyat sohasidagi islohotlarning eng muhimi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Fursatdan foydalanib, san’at ahliga katta e’tibor berayotgan prezidentimizga va madaniyat vazirimizga minnatdorchilik bildiraman», — deydi Ozoda Nursaidova.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!