07:00 / 11.06.2020
3 493

Samarqanddagi 8 ta ziyoratgoh faoliyatini qayta boshlamoqda

Samarqanddagi 8 ta ziyoratgoh faoliyatini qayta boshlamoqda
Ayni paytda qadimiy qadamjolar faoliyatini karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda yo‘lga qo‘yish maqsadida kirish-chiqish joylariga pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar o‘rnatilmoqda.

Mazkur ishlar to‘liq amalga oshirilgach, 11 iyun kunidan Samarqand viloyatidagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali tasarrufidagi quyidagi ziyoratgohlar va qadamjolar ish faoliyatini boshlaydi.

Unga ko‘ra, Samarqand shahridagi Xo‘ja Doniyor, Imom Moturidiy, Xo‘ja Abdu Darun, Hazrati Xizr, Murod Avliyo ziyoratgohi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Ruhobod maqbarasi, Xo‘ja Is’hoqi Valiy masjid-ziyoratgohi, shuningdek, Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahror Valiy, Xo‘ja Abdu Berun, Oqdaryo tumanidagi Mahdumi A’zam, Jomboy tumanidagi Shayx Xudoydod Vali va Bulung‘ur tumanidagi Xo‘ja Hofiz Merosiy ziyoratgohlari qayta boshlashiga ruxsat berilmoqda.

Nurobod tumanidagi Hazrati Dovud ziyoratgohi esa viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti bilan kelishilgan holda ochilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi hamda Urgut tumanidagi Chor Chinor ziyoratgohi «qizil» hududda joylashgani bois, ularning vaqtinchalik faoliyat olib borishiga ruxsat etilmaydi.

Abdulaziz Yo‘ldoshev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Samarqanddagi 8 ta ziyoratgoh faoliyatini qayta boshlamoqda