13:50 / 16.06.2020
6 197

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor bo‘ldi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor bo‘ldi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Endilikda madaniyat vaziri rektorlik faoliyatini ham birgalikda davom ettiradi.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘zbek maqom san’ati fakulteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, xalq musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi, Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi shaklida tashkil etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga rektor bo‘ldi