16:50 / 17.06.2020
6 140

Ota-onasining mashhurligi soyasida qolib ketgan hind aktyor va aktrisalari (foto)

Ota-onasining mashhurligi soyasida qolib ketgan hind aktyor va aktrisalari (foto)
Faoliyatidan ko‘ra mashhur shaxslarning qarindoshi sifatida ma’lum bo‘lgan aktyorlar kimlar ekaniga to‘xtalamiz.

Tanisha Mukerji

Foto: Getty Images
Tanisha o‘z davrining taniqli aktrisasi Tanuji va rejissyor Shomu Mukerjining qizi. Uning opasi Kajol ota-onasi singari Bollivudda o‘z o‘rnini topgan bo‘lsa-da, Tanishaga bunga muyassar bo‘la olmagan. 2007 yilda suratga olingan «Seni deb » filmidagi roli uchun «Eng yaxshi debyut» nominatsiyasi bo‘yicha Vijay Awards mukofotini qo‘lga kiritganiga qaramay, keyinchalik uning rollari muvaffaqiyatli chiqmagan. 4 yillik faoliyatida aktrisa sifatida e’tirofga sazovor bo‘lolmagan Tanisha keyinchalik televideniyeda faoliyat yuritishni afzal bilgan.

Uday Chopra

Foto: Getty Images
Uday afsonaviy rejissyor Yash Chopraning o‘g‘li va mashhur prodyusser Aditya Chopraning ukasi. U ilk bor rol ijro qilgan «Sevishganlar» filmi muvaffaqiyatli chiqqani va «Eng yaxshi erkak debyut» nominatsiyasi bo‘yicha Filmfare Awards’ni qo‘lga kiritgan lekin keyinchalik Bollivudni zabt eta olmagan. Bosh qahramon rollariga taklif bo‘lmagani sabab «Tezlik» filmidan keyin aktyorlik karerasiga nuqta qo‘ygan.

Esha Deol

Hema Malini va Dxamendraning qizi Esha ilk marta «Kim mening yuragimdan so‘raydi?» filmida rol ijro qilgan va 2008 yilga qadar kinosanoatda faol bo‘lgan. Yulduzli oilaning farzandiga katta umid bilan qaralganiga qaramay, u o‘z o‘rnini topa olmagan. Aktrisaning o‘zi agar unga yaxshi filmlardan taklif ko‘p bo‘lganida hozir eng talabgir aktrisalardan biri bo‘la olishi aniq ekanligini ta’kidlaydi.

Tusshar Kapur

Foto: Getty Images
Tussharning otasi Jitendra aktyor, opasi Ekta bo‘lsa taniqli prodyusser hisoblanadi. Tusshar o‘zini bir qancha filmlarda sinab ko‘rgan bo‘lsa ham aktyor sifatida otasichalik omadli bo‘lolmagan. U muxlislarga «Quvnoq firibgarlar» filmidagi Laki sifatida tanish xolos.

Soha Ali Xon

Foto: Getty Images
Soha 70 yillarning eng chiroyli aktrisalaridan biri Sharmila Tagorning qizi, taniqli aktyorlardan biri bo‘lgan Saif Ali Xonning singlisi sifatida ma’lum. Uning arsenalida bir qancha filmlar bo‘lishiga qaramay, aktrisa akasi va onasichalik mashhurlikka erisha olmagan.

Mimoh Chakraborti

Foto: Getty Images
Taniqli yulduz Mitxun Chakrabortining o‘g‘li Mimoh 2008 yilda «Jimmi» filmida ilk marta suratga tushgan va ushbu film Filmfare Awards’da «Eng yaxshi film» deb topilgan. Shunga qaramasdan u bir charaqlab keyin so‘ngan aktyorlardan hisoblanadi. U otasichalik Bollivudda o‘z o‘rnini topa olmagan.

Arjun Kapur

Foto: Getty Images
Arjun mashhur prodyusser Boni Kapurning o‘g‘li. 2012 yilda u suratga tushgan Ishaqzaade kinotanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan. U naqd ikki marta Filmfare Awards mukofotining «Eng yaxshi debyut» nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan. Lekin Arjun ham Bollivudda boshqa aktyorlar soyasida qolib ketgan.

Imron Xon

Foto: Getty Images
Aktyor Amir Xoning jiyani Imron «Bir muhabbat tarixi» filmida muvaffaqiyatli rol ijro qilgan va bir qancha mukofotlar, xususan, Filmfare Awards’ga ham loyiq ko‘rilgan. Lekin faoliyati davomida u Amir Xonchalik bo‘la olmagan. «Bir kuni Dehlida» filmidan keyin esa kinosanoatni tark etishga va boshqa suratga tushmaslikka qaror qilgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ota-onasining mashhurligi soyasida qolib ketgan hind aktyor va aktrisalari (foto)