21:30 / 18.06.2020
7 331

Shahzoda Matchonova ajrashgani hamda bola asrab olish istagi haqida so‘zlab berdi

Shahzoda Matchonova ajrashgani hamda bola asrab olish istagi haqida so‘zlab berdi
Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
Aktrisa Shahzoda Matchonova Instagram sahifasidagi Stories orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Savollar orasida aktrisaning shaxsiy hayoti haqidagilari ham bo‘ldi.

Muxlislar bilan savol-javob bo‘lgan-bo‘lmagan tarzda o‘tkazildi. Ya’ni Shahzoda folloverlarining savollariga bo‘lgan yoki bo‘lmagan deya javob qaytardi[/url.
Muxlislardan biri unga «Ajrashganmisiz?» deb savol berganida u «bo‘lgan» deya javob berdi.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
Shuningdek, aktrisa mehribonlik uyidan bola asrab olish istagi ham bo‘lgani haqida yozdi.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
Aktrisaga «Yoshligingizda bitlaganmisiz?» degan savol ham berildi. «Bo‘lgan, u kunlarni yaxshi eslayman», — deb javob berdi aktrisa.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
Shuningdek, ushbu savol-javoblardan unga turmush o‘rtog‘i hech qachon qo‘l ko‘tarmasligi ham oydinlashdi.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
Shahzoda Matchonova amerikalik kino yulduzlaridan Nikol Kidman bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
U boshqa hamkasblariga hasad qilmaydi.
«Hasad qilish faqat o‘z hayotidan qoniqish his etmaydigan, hayotdan xafa, o‘ziga nisbatan ishonchi past bo‘lgan insonlarning ishi», — deb hisoblaydi aktrisa.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
Aktrisa talabalik paytida jamoat transportida yurgani, bir marta qo‘lidan sumkasini o‘g‘irlab ketishgani haqida ham so‘zlab berdi.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova
Aktrisaning aytishicha, hech qachon yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarmaslik kerak. Kimgadir ozor bergan insonlar qilmishiga yarasha jazoni, albatta, oladi.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Matchonova ajrashgani hamda bola asrab olish istagi haqida so‘zlab berdi