00:30 / 21.06.2020
7 482

Turkiyaning eng kelishgan bo‘ydoq aktyorlari (foto)

Turkiyaning eng kelishgan bo‘ydoq aktyorlari (foto)
Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki aktyorlik mahorati bilan ham muxlislar qalbidan joy olgan turk kinosanoatining bo‘ydoq yulduzlari haqida ma’lumot beramiz.

Chag‘atay Ulusoy

Foto: Getty Images
O‘zbek tomoshabinlariga «Ichkarida» filmidagi Sarp roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Chag‘atay aslida ushbu ro‘yxatda bo‘lmasligi kerak edi. Chunki uning sevgilisi bor va juftlik ancha vaqtdan beri birga bo‘lgan. Ammo karantin vaqtida tortishib qolgan yulduzlar sal o‘tmay munosabatlariga chek qo‘ydi va bundan buyon Ulusoyni hech ikkilanmay bo‘ydoqlar safida deb e’lon qilish mumkin.

Jan Yaman

Foto: Getty Images
«Tong qushi» serialida birgalikda rol ijro qilganidan keyin Jan Yaman va Demet O‘zdemir o‘rtasida sevgi uchqunlari paydo bo‘lgan va juftlik uchrashishni boshlagandi. Lekin munosabatlar filmdagi singari uzoq va davomli bo‘lmadi. Ayni vaqtda Jan Yamanning fikri-xayoli karera qilish bilan band.

Barish Arduch

Foto: Getty Images
«Ijaradagi sevgi» serialidagi Omer roli orqali millionlab qizlar yuragini zabt etgan Barish aktrisa Gyupse Ozay bilan bir necha yildan beri uchrashishiga qaramay, uylanishga oshiqmasligini ta’kidlaydi.

Engin Akyurek

Foto: Getty Images
Engin ham Barish singari ancha vaqtdan beri Nevbahar Doyuran bilan ishqiy munosabatda bo‘lsa-da, turmush qurishga shoshmaydi.

Burak Deniz

Foto: Getty Images
«Malikam, endi qara» serialidagi kelishgan, yosh, agentlik rahbari sifatida tanish bo‘lgan aktyor ancha vaqt hech kim bilan uchrashmagandi, lekin karantin vaqti aktrisa Beste Kokdemir bilan bir necha marta paparatsi nishoniga uchradi. Ular o‘rtasida qanday aloqalar borligidan qat’i nazar, fakt faktligicha qoladi — Burak Deniz rasman ​bo‘ydoq.

Onur Tuna

Foto: Gecce
Qarashlari bilan muxlislar mehriga sazovor bo‘lganiga qaramay, Onurning shaxsiy hayotida hanuz hech kim yo‘q yoki bor bo‘lsa ham bu sir. «Turkiyaning eng mashhur bo‘ydog‘i» deb topilgan aktyor e’tirofga munosib bo‘lishda davom etmoqda.

Chag‘lar Ertug‘rul

Foto: Getty Images
«Fazilatxonim qizlari» serialida zamonaviy Darsi obrazini gavdalantirgan Chag‘lar nafaqat aktyor, balki model va sportchi hamdir. U intervyularda ovqat tayyorlash va boshqa uy ishlarini o‘zi eplay olishi sabab ham hali uylanishga ehtiyoji yo‘qligini ta’kidlagan.

Sechkin Ozdemir

Foto: Getty Images
Sechkin Jan Yamandan avval Demet O‘zdemirning sevgilisi bo‘lgan. Ayni vaqtda u yolg‘iz va erkinligini hozircha kimdir bilan bo‘lishish niyati yo‘q.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyaning eng kelishgan bo‘ydoq aktyorlari (foto)