18:53 / 24.06.2020
1 367

San’atkorlar Trampdan qo‘shiqlaridan foydalanmaslikni talab qilyapti

San’atkorlar Trampdan qo‘shiqlaridan foydalanmaslikni talab qilyapti
Foto: «Pinterest.ru»
«Panic! At the Disco» guruhi vokalchisi Brendon Uri AQSH prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasini mitinglar vaqtida uning qo‘shiqlaridan foydalanishni bas qilishga chaqirgan.

«Sizga hech kim taklif qilgani yo‘q. Qo‘shiqlarimni qo‘yishni bas qiling», — deya Trampning saylovoldi kampaniyasi a’zolariga qarata yozgan musiqachi «Twitter»dagi akkauntida.

«Hill» nashrining ta’kidlashicha, seshanba kuni Arizona shtati, Finiks shahrida Trampning mitingidan so‘ng Uri shunday talab bilan chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident «Panic! At the Disco» kompozitsiyalaridan biri sadolari ostida omma oldiga chiqib kelgan.

Bundan tashqari, amerikalik musiqachi Tramp aholi manfaatlarini ifodalamasligini aytib, noyabrdagi saylovda AQSHning amaldagi prezidentiga qarshi ovoz berishga chaqirgan.

Nashrning yozishicha, Uri Trampning tadbirlar vaqtida qo‘shiqlaridan foydalanganligidan norozi bo‘lgan yagona san’atkor emas. Bungacha Elton Jon, Adel, Rianna kabi san’atkorlar, «Queen» va «Rolling Stones» kabi guruhlar o‘z noroziliklarini bildirishgan.

AQSH prezidentligiga saylovlar shu yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tramp yana saylanishni rejalashtirmoqda. Demokratlardan raqibi sobiq vitse-prezident Jo Bayden bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)