08:38 / 26.06.2020
4 745

Gollivud filmlarida erkaklar rolini ijro etgan 5 mashhur aktrisa (foto)

Gollivud filmlarida erkaklar rolini ijro etgan 5 mashhur aktrisa (foto)
Mazkur aktrisalar kinosanoatda faqatgina go‘zalligi bilan emas, mahorati, kerak bo‘lsa, erkaklar rolini ijro qilishni do‘ndirishi bilan ham muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Anjelina Joli — «Solt» 2010

Foto: Harper’s Bazaar
Go‘zal va kuchli ayol obrazlari bilan yaxshi tanish Anjelina Joli «Solt» kartinasida erkak obrazini gavdalantirgan. Blokbaster ssenariysiga ko‘ra, qahramon qiz Evelin Solt rus maxsus xizmati tomonidan tuzilgan fitnaga qarshi kurashish va maqsadiga erishish uchun boshqa odamga aylanadi. Aktrisaning o‘zi keyinchalik erkak obrazida suratga tushish unga oson bo‘lmaganini bildiradi. Suratga olishda Jolining yuz tuzilishi silikon niqoblar yordamida o‘zgartirilgan, u kiygan erkak libosi og‘ir va qo‘pol bo‘lgani sabab esa harakatlanish noqulay bo‘lgan.

Syuzan Sarandon — «Bulutli atlas» 2012

Foto: Harper’s Bazaar
Sarandon 2012 yilda suratga olingan «Bulutli atlas» filmida universitet professori Yusuf Sulaymon rolini gavdalantirgan. Rolga nazar tashlab, qoramtir teri, soqol va ko‘zoynak ortida Gollivud aktrisasi Syuzan borligiga ishonish qiyin.

Keyt Blanshett — «Men u yerda yo‘qman» 2007

Foto: Harper’s Bazaar
Blanshettning ushbu filmdagi qoyilmaqom ijrosidan keyin nima uchun unga «Oskar» berilmagani muxlislarni hayratga soladi. Rejissyor Todd Xeynsning mazkur kartinasi musiqachi, rassom, aktyor va yozuvchi Bob Dilanga bag‘ishlangan bo‘lib, uning hayotining turli bosqichlari 6 nafar aktyor — Xit Lejer, Richard Gir, Kristian Beyl, Ben Uishou, Markus Karl Fransklin va Blanshett tomonidan ijro qilingan. Keyt Dilanning shon-sharafga erishish pog‘onasida bo‘lgan davrini gavdalantirgan va mahoratli ijrosi sabab 2007 yil Venetsiya kinofestivalida «eng yaxshi aktrisa» deb topilgan.

Glenn Klouz — «Sirli Albert Nobbs» 2011

Foto: Harper’s Bazaar
Glenn Klouzning yuz tuzilishi, burni va umuman qiyofasi Rodrigo Garsianing tarixiy filmi uchun ayni muddao bo‘lgan. Film o‘z qarashlarini himoya qilish uchun 40 yil o‘zini Albert Nobbs ismli erkak qilib ko‘rsatgan ayol taqdiri haqida hikoya qiladi.

Meril Strip — «Amerikadagi farishtalar» 2003

Foto: Harper’s Bazaar
Toni Kushner 2003 yilda suratga olgan «Amerikadagi farishtalar» teleserialidagi oqargan sochlar va ajinlar ortida «Oskar» laureati Meril Strip ekaniga ishonish qiyin.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivud filmlarida erkaklar rolini ijro etgan 5 mashhur aktrisa (foto)