23:04 / 28.06.2020
7 381

Suratga olish maydonida tanishib, turmush qurgan turk aktyorlari

Suratga olish maydonida tanishib, turmush qurgan turk aktyorlari
Suratga olish maydonchasi qanchadan-qancha juftliklar topishishi va ayrilishiga guvoh hisoblanadi.

Neslixon Atagul va Qodir Dog‘ulu

Foto: Getty Images
Juftlik o‘rtasidagi sevgi uchqunlari «Ishq sohillari» serialining suratga olish maydonchasida paydo bo‘lgan. Sevishganlar roli ijrosi aktyorlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmadi. Juftlik yoshlaridagi 10 yosh tafovutga qaramay, bir-birini yaxshi tushungan va qiziqishlari va hayotga bo‘lgan qarashlari to‘g‘ri kelgan. Yulduzlar 2016 yilning 8 iyulida turmush qurgan.

[bBergyuzar Korel va Xalit Ergench[/b]

Foto: Star-lives
Aktrisa Bergyuzar Korel va aktyor Xalit Ergench o‘rtasida sevgi paydo bo‘lishiga «Bir ming bir kecha» serialining suratga olish jarayoni sabab bo‘lgan. Birga suratga tushgan aktyorlar o‘rtasida iliqlik paydo bo‘lgan. Shundan keyin Xalit Ergench birinchi turmushi bilan ajrashib, Bergyuzarning qo‘lini so‘ragan. Orasida 12 yosh tafovut bo‘lgan yulduzlar 2009 yil 9 avgustda turmush qurgan va hozirda ikki o‘g‘li bor.

Burak O‘zchivit va Faxriya Evjen

Foto: Getty Images
Faxriya va Burak ilk marta «Choliqushi» filmida birga suratga tushgan bo‘lsa-da, haqiqiy sevgi otashi Burakning o‘zi prodyusserlik qilgan «Ishq senga o‘xshar» filmidan keyin paydo bo‘lgan. 2017 yil 29 iyunda turmush qurgan juftlikning ayni vaqtda Karan ismli o‘g‘li bor.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Suratga olish maydonida tanishib, turmush qurgan turk aktyorlari