07:30 / 03.07.2020
3 334

Shahrisabzda 5-10 sentabr kunlari II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi

Shahrisabzda 5-10 sentabr kunlari II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida 2020 yilning 5—10 sentabr kunlari II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bosh vazir 2020 yil 30 iyunda II Xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita majlisini o‘tkazgan. Yig‘ilishda ushbu anjumanning ikkinchi marta o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish, xorijiy ishtirokchilarni yanada ko‘proq jalb etish va ularga maqom san’ati to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berish, anjuman geografiyasini yanada kengaytirish zarurligi, ishtirokchilarni boy madaniy meros, san’at, urf-odatlar bilan yaqindan tanishtirish masalalari muhokama qilingan.

Ayni paytda Shahrisabzda ushbu nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Anjumanni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy guruh shakllantirilib, tegishli tashkilotlarga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.

Ta’kidlanishicha, anjuman doirasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar, tayyorgarlik jarayonlari, hududlardan tashrif buyuruvchilarning ishtiroki sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda tashkil etiladi. Xorijlik ishtirokchilar uchun O‘zbekistonga kirish vizalari konsullik yig‘imlarini undirmasdan rasmiylashtirib beriladi.

Xalqaro maqom san’ati anjumanining ikkinchi marta o‘tkazilishi O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 26 fevralda imzolangan farmoyishida belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, birinchi xalqaro maqom san’ati anjumani 2018 yilning 6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrining tarixiy markazida o‘tkazilgan. Unda jahonning 75 mamlakatidan yakkaxon xonandalar, folklor jamoalari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahrisabzda 5-10 sentabr kunlari II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi