19:55 / 26.07.2020
6 068

Turkiyalik aktrisa Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so‘ng yangi serial bilan ekranga qaytmoqda

Turkiyalik aktrisa Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so‘ng yangi serial bilan ekranga qaytmoqda
Taniqli turk aktrisasi Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so‘ng ekranga qaytmoqda, deb yozadi «Rusturkey.com».
Qayd etilishicha, aktrisa «Yovvoyi narsalar» deb nomlangan komik teleserialda suratga tushgan.

Foto: Instagram / @nurgulyesilcay
Ushbu serialda, shuningdek, Selim Bayraktar, Xazal Turesan hamda Aytacha Ushun kabi aktyorlar ham rol ijro etgan.
Serialning har bir qismi 20 daqiqalik bo‘ladi. U turk telekanallaridan birida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Nurgul serial barcha yoshdagi tomoshabinlarga manzur bo‘lishiga ishonishini bildirgan.
Nurgul Yashilchoy teatr va kino aktrisasi bo‘lib, u o‘zbek tomoshabinlariga «Ishkomli uy», «Ko‘sem», «Parchalangan yuraklar» kabi teleseriallar bilan yaxshi tanish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyalik aktrisa Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so‘ng yangi serial bilan ekranga qaytmoqda