12:02 / 21.08.2020
3 160

O‘zbek fotografi depressiyaga oid avtoportretlar g‘olib bo‘ldi (video)

O‘zbek fotografi depressiyaga oid avtoportretlar g‘olib bo‘ldi (video)
Arseniy Nesxodimov. Foto: Wellcome Photography Prize
O‘zbekistonda tug‘ilgan fotograf Arseniy Nesxodimov "Depressiya" mavzusidagi bir nechta avtoportretlari bilan "Wellcome Photography 2020" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Fotosuratchi 15 ming funt (202,8 mln. so‘m) ishlab oldi. Nesxodimov "Prozak" deb nomlangan beshta rasmlar to‘plamini yaratdi. 20 yoshidan beri depressiyadan aziyat chekkan iqtidorli fotografning aytishicha, antidepressantlar unga yordam bermagan va shuning uchun u o‘z ota-onasining uyida va Misrning Sharm al-Shayxida bo‘lgan voqealarni tasvirlash uchun Moskvadan chiqib ketishga qaror qilgan.

"Mening avtoportretlarim umidsizlik va ma’noni yo‘qotish bilan kurashishga yordam beradigan davolashning bir turi, ayniqsa pandemiyaning ushbu og‘ir davrida. Men uch oy ishsiz uyda qolib ketdim va yashashga mazmun bergan yagona narsa, - bu suratga olishni davom ettirish bo‘ldi", - dedi Nesxodimov.

Arseniy Nesxodimov. Foto: Wellcome Photography Prize
Hakamlar hay’ati turli mavzular bo‘yicha bahs olib borgan 13 mamlakatdan kelgan 25 nafar fotosuratchilarni tanlab oldi. G‘oliblar 19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan onlayn tadbirda e’lon qilindi. G‘oliblarning nomlari va asarlari YouTube'da e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek fotografi depressiyaga oid avtoportretlar g‘olib bo‘ldi (video)