08:20 / 24.08.2020
4 337

Toshkentda dunyoga kelgan rus aktrisasi Ravshana Kurkova qanday filmlarda rol o‘ynagan?

Toshkentda dunyoga kelgan rus aktrisasi Ravshana Kurkova qanday filmlarda rol o‘ynagan?
Foto: «Kanobu»
22 avgust kuni aktrisa Ravshana Kurkova 40 yoshni qarshiladi. Arsenalida 60 dan ortiq turli janrlardagi filmlar bo‘lgan mahoratli aktrisa qanday film va seriallarda suratga tushgani bilan bo‘lishamiz.

Aktrisa 1980 yil Toshkentda aktyorlar oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidan aktrisa bo‘lishni istagan Ravshana 12 yoshida «Qirqquloqlar siri» filmida debyut rolini ijro qilgan.

Foto: «Kanobu»
90 yillarning so‘ngida Kurkova Moskvaga ko‘chib ketgan va Moskva pedagogika universitetining filologiya universitetiga qabul qilingan. Talabalik davrida rejissyorlik kurslariga qatnab, aktyorlik mahoratini o‘rgangan.

Bir muddat Ravshana televideniyeda pardozchi assistenti, rejissyor yordamchisi va tok-shou muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Shundan keyin unga turli filmlarda epizod rol ijro qilish uchun takliflar kela boshlagan. Ilk ko‘zga ko‘rinarli roli 2007 yilda suratga olingan «O‘lik qizlar» filmidagi ijrosi bo‘lgan.

Foto: «Kanobu»
Keyinchalik u «Barvixa», «Keraksiz odamlar oroli» seriallari, «Chil-parchin», «Onalar», «Noreal sevgi» va boshqa bir qancha filmlarda suratga tushgan.

Foto: «Kanobu»
2015 yilning o‘zida aktrisa 23 ta loyihada ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan. «Ijaraga bolalar» oilaviy komediyasi, Reyf Faynsning «Nureyev. Oq qarg‘a» biografik dramasi va «Bolqon chegarasi» shular jumlasidan. Yaqin orada tomoshabinlar Ravshanani Danila Kozlovskiyning «Chernobil» filmi va Anna Melikyanning «Noziklik» serialida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda dunyoga kelgan rus aktrisasi Ravshana Kurkova qanday filmlarda rol o‘ynagan?