00:01 / 07.09.2020
2 991

Ming-ming yillik sevgi qissasi

Ming-ming yillik sevgi qissasi
Navoiy viloyatining Sarmishsoy darasida «Qoyalardagi muhabbat» deya nomlanadigan badiiy film suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda ilgariroq «O‘zbekkino» Milliy agentligi axborot xizmati ma’lum qilgan edi.

Yaqinda «O‘zbekkino» Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxalikov, germaniyalik mutaxassis Tomas Myuller va respublikaning mashhur kinorejissyorlari Navoiy viloyatida bo‘lib, suratga olinadigan hududdagi sharoitlar bilan tanishishdi.

Filmni suratga olishda germaniyalik mutaxassislar ham ishtirok etishadi. Asarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy xarajatlar Navoiy viloyati hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida amalga oshiriladi.

Mazkur badiiy film ikki jangovar qabila boshliqlari farzandlarining go‘zal muhabbati asosiga quriladi.

Film Navoiy viloyatining turizm salohiyatini namoyon etish, viloyatning turizm maskanlari jozibasini oshirishdek maqsadlarni nazarda tutganligi ham bor gap. Shuningdek, tarixiy badiiy film bilan birga ilmiy ommabop hujjatli film suratga olish bo‘yicha dastlabki ishlar amalga oshirilmoqda.

Ibtidoiy odamlar va o‘sha davr turmush tutumi, o‘lmas muhabbat haqida hikoya qiluvchi badiiy film premerasini 2021 yilning sentabr oyida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Temur ESHBOYEV

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ming-ming yillik sevgi qissasi