17:09 / 11.09.2020
5 568

Aziz Rametov Alisher Uzoqov uni qanday qilib bir o‘limdan saqlab qolganini gapirib berdi (video)

Aziz Rametov Alisher Uzoqov uni qanday qilib bir o‘limdan saqlab qolganini gapirib berdi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Aziz Rametov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Aziz Rametov suhbat davomida Alisher Uzoqov hamda Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliyev uni s’yomkada bir o‘limdan saqlab qolgani haqida gapirib berdi.

- "Alisher akam bilan bolalikdan bitta teatrda katta bo‘lganmiz. Ertalabdan kechgacha birga bo‘lganmiz. Onalarini onamdek ko‘raman. Bitta rus serialida otda chopayotgan paytimiz, men harbiy oyoq kiyimda edim, u oyoq kiyim otning uzangisiga kirib qolsa, osonlikcha chiqarib bo‘lmas ekan.

Ot charchadimi, bilmadim, yerdagi toshga taqasi sirpandi, otni oyog‘i bir tomonga ketib qoldi, ot yiqilmasin deb men teskari tomonga o‘zimni tashladim. (Estrada-sirk kollejida tahsil olganman, otda harakatlanish bo‘yicha malakam bor edi.) Ot muvozanatini qayta saqlab oldi, men egarni ushlamoqchi bo‘ldim, qayta turib olaman deganimda, pastda xarsangtosh turgan ekan. Xarsangtoshga ot urilib o‘tdi, bo‘ynim suyagidan chiqib ketdi, zo‘rg‘a ushlab turibman, qo‘yib yuborsam ketadi, nafas ololmayapman.

«Aziz ushla», deb Alisher akam ot bilan chopib o‘tib, otni to‘xtatdilar. Shu payt Mansur akam (Kaskadyor guruhga javob berardilar) «Azizjon ukam», deb yig‘lab kelyaptilar. Alisher akam «Mansur aka bir nima qilin», deb yig‘layaptilar. Mansur akam, ratsiya bilan guruhdagi tabibni chaqirdilar. Tabib «hammasi yaxshi, bo‘yin kosasidan chiqqan deb», sekin kosasiga soldilar, keyin birdan nafas ola boshladim.

Yig‘lab turgan Mansur akam keyin koyib boshladilar: «ot yiqilsa yiqilsin edi, bo‘yningiz sinib ketishiga oz qoldi», dedilar. Baraka topishsin, Mansur akam, Alisher akam. O‘sha kaskadyor guruhiga ham rahmat deyman
", - deydi Aziz Rametov.

Ma’lumot uchun, Aziz Rametov o‘zbek kino muxlislari orasida «O‘tov», «Yo‘l bo‘lsin», «Shabnam», «Arslon izidan» kabi filmlari va yuzlab video kliplari orqali mashhurlikka erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aziz Rametov Alisher Uzoqov uni qanday qilib bir o‘limdan saqlab qolganini gapirib berdi (video)