19:12 / 14.09.2020
16 670

Aziz Rametov «Ummon» guruhi, aktyor Tal’at Yo‘ldoshev va boshlovchi Zara bilan janjallariga oydinlik kiritdi (video)

Aziz Rametov «Ummon» guruhi, aktyor Tal’at Yo‘ldoshev va boshlovchi Zara bilan janjallariga oydinlik kiritdi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Aziz Rametov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Aziz Rametov suhbat davomida «Ummon» guruhi, aktyor Tal’at Yo‘ldoshev va boshlovchi Zara bilan janjallariga oydinlik kiritdi.

- «Ummon» guruhidagi Shohruh mendan yosh. U bilan urishish menga yarashmaydi. Men u bilan urishmaganman. Shunchaki, u nimadir degan, qiziqqon paytimiz bo‘lgan. «Shohruh, qo‘y ukam, yoshsan», deganman. «Aka, nega unaqa deysiz? Bir yoshdan, bir kattadan» degan. Bo‘ldi shu. Hech qanaqa urish-janjal bo‘lmagan.

Men professional bokschi emasman, lekin besh yillik tajribam bor. Men urishsam, shou-biznesda Yigitali bilan 15-20 minut yaxshi urishib tursam kerak. Qolgan o‘zimiz tengilarni uzog‘i besh minutda «taqillatib» qo‘yaman.

Tal’at bilan ham, boshlovchi Zara bilan ham urishmaganman. Bularning barchasi o‘sha joyda hal bo‘lib ketgan ishlar, hech qanday janjal yoki ortiqcha tushunmovchilik bo‘lmagan
, - deydi Aziz Rametov.

Ma’lumot uchun, Aziz Rametov o‘zbek kino muxlislari orasida «O‘tov», «Yo‘l bo‘lsin», «Shabnam», «Arslon izidan» kabi filmlari va yuzlab videokliplari orqali mashhurlikka erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aziz Rametov «Ummon» guruhi, aktyor Tal’at Yo‘ldoshev va boshlovchi Zara bilan janjallariga oydinlik kiritdi (video)