07:00 / 17.09.2020
4 784

Bollivud yulduzlarining xorijdagi nufuzli oliygohlarda aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan farzandlari (foto)

Bollivud yulduzlarining xorijdagi nufuzli oliygohlarda aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan farzandlari (foto)
Hind kinofilmlaridagi esda qolarli rollari bilan mashhur bo‘lgan aksari shou-biznes vakillarining farzandi ham ota-onasi singari kinosanoatda faoliyatini davom ettirishni istaydi. Quyida Bollivud yulduzlarining aktyor bo‘lish uchun xorijda tahsil oladigan farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Kushi Kapur — Shridevining qizi

Foto: «Yandeks Dzen»
Shridevining to‘ng‘ich qizi Janvi allaqachon Bollivudda bir qancha rollar ijro qilishga ulgurgan. Boni Kapur va Shridevining kichik qizi esa Nyu-York kino institutida aktyorlik mahoratidan ta’lim oladi. Yaqin orada hind filmlarida suratga tushish ehtimoli bo‘lgan Kushi keyinchalik Gollivudda ham suratga tushsa ne ajab.

Aryan Xan — Shoxruh Xonning o‘g‘li

Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivud yulduzi Shoxruh Xonning katta o‘g‘li Janubiy Kaliforniya universitetda kinemotografiyani o‘rganadi. Aryanning ham Bollivuddagi debyuti kutilishiga qaramasdan uning o‘zi aktyorlik emas, suratga olishga qiziqadi.

Navya Naveli Nanda — Amitabh Bachchanning nevarasi

Foto: «Yandeks Dzen»
Amitabh Bachchanning nevarasi Britaniyada maktabni tamomlaganidan keyin Nyu-Yorkdagi Fordham universitetiga qabul qilingan. Ammo hali uning Bollivudda suratga tushish uchun Hindistonga qaytish-qaytmasligi aniq emas.

Alaviya Jaffri — Javed Jaffrining qizi

Foto: «Yandeks Dzen»
Javed Jaffrining qizi Alaviya Jaffri ijtimoiy tarmoqlarda yulduzlar farzandlari orasida mashhur sanaladi. U o‘zining tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos kiyinish uslubi bilan ma’lum bo‘lgan Alaviya Nyu-Yorkdagi Moda texnologiya institutida o‘qiydi. U ham akasi Mizaan singari Bollivudda suratga tushishi mumkin.

Ibrohim Ali Xon — Saif Ali Xonning o‘g‘li

Foto: «Yandeks Dzen»
Sara Ali Xon Kolumbiya universitetini tamomlaganidan keyin Hindistonga qaytgan, Ibrohim esa Londonda o‘qiydi. O‘z karerasi haqidagi rejalar haqida gapirishni yoqtirmaydigan Ibrohimning otasi Saif Ali Xon va onasi Amrita Singx izidan ketish ehtimoli yo‘q emas.

Suxan Xon — Shoxruh Xonning qizi

Foto: «Yandeks Dzen»
Nyu-York universitetida aktyorlik mahoratidan ta’lim oladigan Suxana allaqachon Nyu-York teatrida rol ijro qilishni boshlagan. Otasi singari Bollivudda suratga tushishi aniq bo‘lgan qizning debyut roli qachonligi noma’lum.

Nisa Devgan — Kajolning qizi

Foto: «Yandeks Dzen»
Kajol va Adjay Devganning qizi Nisa Singapurdagi United World College of South East Asia kollejida o‘qiydi. OAV bir necha marta u ham ota-onasi singari Bollivudda karera qilishni istashi haqida yozgan.

Yashvardxon Axuja — Govindaning o‘g‘li

Foto: «Yandeks Dzen»
Yashvardxon Axuja Londondagi Met Film School’da aktyorlik mahoratidan dars oladi. Uning ham otasi izidan ketish istagi bor.

Aliya Kashyap — Anuraga Kashyapa

Foto: «Yandeks Dzen»
Mashhur rejissyor Anuraga Kashyapning qizi Janubiy Kaliforniyaning Chapman universitetida o‘qiydi va o‘qishni tamomlashi bilan Bollivudda suratga tushadi.

Dishani Chakraborti — Mitxun Chakrabortining qizi

Foto: «Yandeks Dzen»
Mitxun Chakrabortining qizi Nyu-York kinoakademiyasida tahsil oladi. Aktrisa bo‘lishi aniq bo‘lgan Dishaning debyuti Bollivud yoki Gollivudda bo‘lishi mavhum.

Axan Shetti — Sunil Shettining o‘g‘li

Foto: «Yandeks Dzen»
Axan AQSH universitetida aktyorlik mahorati va kino ishlab chiqarish kursida o‘qiydi. U allaqachon o‘zining «RX 100» filmini suratga olish ishlarini boshlab yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bollivud yulduzlarining xorijdagi nufuzli oliygohlarda aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan farzandlari (foto)