12:53 / 19.09.2020
12 479

Tashkent City’da yana bir to‘y: Aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissyorga turmushga chiqdi (video)

Tashkent City’da yana bir to‘y: Aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissyorga turmushga chiqdi (video)
19 sentabr kuni Tashkent City’da yana bir yulduzli to‘y bo‘lib o‘tdi. «Novda» filmidagi Zubayra obrazi bilan tanilgan yosh aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissyor Habibulla Nabiyevga turmushga chiqdi.

Foto: Instagram / @gulinur_abdullayeva
Nikoh oqshomida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari mehmon bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan kechada Davron Kabulov, Dildora Rustamova, Shohruhxon, Lola va Shahlo Ahmedova xizmatda bo‘lgan. Aktyor Alisher Uzoqov esa Habibullaga kuyovjo‘ra bo‘ldi.

Foto: Instagram / @gulinur_abdullayeva
Ma’lumot uchun, kuyov Habibulla Nabiyev mahoratli klipmeyker sifatida tanilgan. U shu paytga qadar aksariyat taniqli xonandalar, jumladan, Munisa Rizayeva, Ulug‘bek Rahmatullayev, Lola va Shahlo Ahmedova, Jahongir Otajonovlar bilan hamkorlik qilgan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tashkent City’da yana bir to‘y: Aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissyorga turmushga chiqdi (video)