17:35 / 04.10.2020
10 665

«Mendirman Jaloliddin» taqdimotidan reportaj (foto va video)

«Mendirman Jaloliddin» taqdimotidan reportaj (foto va video)
Foto: «Daryo»
Tashkent City’da «Mendirman Jaloliddin» tarixiy serialining birinchi qismi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot jarayonidan «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad foto va video reportaj tayyorladi.

Serialda Javohir Zokirov Chingizxon, Emre Kiviljim Jaloliddin Manguberdi, Gulenay Kalkan Turkon Xotun, Kaan Yalchin Sulton Alovuddin Muhammad, Sezgin Erdemir Temur Malik, Saida Rametova Turkon xotunning kanizi Oygul, Ra’no Shodiyeva Xorazshoh Alovuddin Muhammadning xotini Oychechak, Rayhon Ulasenova Alovuddin Muhammadning xotini, O‘zloqshoh va Oqshohning onasi, Akbarxo‘ja Rasulov O‘zloqshoh, Feruza Normatova O‘tror hokimi Inolchixonning qizi, aktyorlar Jamshid Sagatov va Akmal Mirzo mog‘ul sarkardalari, Alixan Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji, Boyir Xolmirzayev Najmiddin Kubro, Tohir Saidov bosh vazir Nizomul mulk, Jahongir Abdumalikov Jaloliddin Manguberdining muhofizi rollarini ijro etishgan.

Serial uchun Turkiyada 30 gektar maydonda barpo etilgan «Bozdag film» platosida O‘zbekistonning XIII asrga oid muhiti jonlantirildi. 1200 nafar ishchi-xizmatchining mehnati bilan 3500 kv.m maydonda balandligi 5,5 metr bo‘lgan ikki qavatli Xorazmshoh saroyi qad ko‘tardi.

Foto: «Mendirman Jaloliddin» seriali posteri.
Mendirman Jaloliddin serialining sahro jang sahnalari Istanbuldan 750 km masofadagi Oqsaroy muzofotida suratga olindi.

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»

Foto: «Daryo»
«Mendirman Jaloliddin» serialining birinchi fasli 13 qismdan iborat. Loyiha rahbari Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva. G‘oya muallifi hamda bosh prodyuser O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Foto: Instagram / @saida_mirziyoyeva
Serial bosh rejissyori Metin Gunay, rejissyor Nurgissa Almurat, ssenariy muallifi hamda prodyuser Mehmed Bozdag‘ hisoblanadi.

Foto: «Daryo»
Film Turkiyaning «Bozdag‘ film» kompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. Keng jamoatchilik uchun premera 2021 yilning yanvar oyidan boshlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Mendirman Jaloliddin» taqdimotidan reportaj (foto va video)