22:10 / 04.10.2020
8 601

«Chuqur», «Qora niyat», «Ramo». Turkiya davlat senzura tashkiloti tomonidan jarimaga tortilgan turk seriallari

«Chuqur», «Qora niyat», «Ramo». Turkiya davlat senzura tashkiloti tomonidan jarimaga tortilgan turk seriallari
Turkiyaning asosiy davlat senzurasi turk seriallarini faol ravishda kuzatishni boshladi. Kuzatuvlar davomida bir nechta serial va loyihalar axloq-odob qoidalariga zid deb topilgani uchun jarimaga tortildi.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Ramo» seriali bosh qahramonlari Murat Yildirim va Esra Bilgich qotillik bilan bog‘liq sahnadan keyin 11 yoshli bolakayning qoldirgan shikoyatidan biroz hayratga tushdi. Aktyorning aytishicha, film ijodkorlari jarimaga tortilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Shuningdek, namoyish etilayotgan «Qora niyat» seriali oilaviy qadriyatlar poymol etilgan ochiq sahnalar hamda axloqqa zid bo‘lgan munosabatlar targ‘ib etilgani uchun jarima to‘ladi. Bundan avval ham serial aktrisalari haddan ortiq ochiq liboslari uchun jarimaga tortilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Sadoqatsiz» serialining bosh qahramoni Jansu Dere va Janer Jindoruk ustidan 121 ming shikoyat kelib tushgan. Birorta xabarni o‘tkazib yubormagan tashkilot serialning birinchi qismini namoyish etmaslik sharti bilan prodyuserlik kompaniyasiga murojaat qildi. Shunga qaramay, kartina premerasi 2020 yil 7 oktabrga rejalashtirilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Avval «Yetimlar», keyinchalik «Bolalik» deb nomlangan serial o‘z nomini yana «Ular yetim emaslar» deb o‘zgartirganiga qaramay, nazorat etuvchi tashkilotdan qochib qutula olmadi. Taqdim etilgan serialda tomoshabinlar g‘azabini qo‘zg‘atadigan vasiylik va homiylik organlarining beparvoligini kuzatish mumkin. Shundan so‘ng mamlakat bosh senzurasi darhol tekshiruv ishlarini boshladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
«A.Riza» seriali tomoshabinlar uchun yomon namuna bo‘lmoqda. Chunki halol va oqko‘ngil insonning salbiy tarafga o‘tishi kuzatuvchilar tomonidan yaxshi qabul qilinmadi.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Yangi hayot» serialida ham oila qadriyatlari yaqqol kamsitiladi. Unga ko‘ra, turmush qurgan erkak oilali ayolni sevib qoladi. Bunday beadablik uchun, albatta, jarima solinishi tabiiy. Biroq serialda bosh qahramon rolini ijro etgan Melisa Asli Pamuk dolzarb masala – ayollarga nisbatan olib borilayotgan zo‘ravonlikni qoralaydi. Tomoshabinlar serialning 5-qismida aktrisaning so‘zlagan nutqi uchun prodyuser va ssenariy muallifiga minnatdorlik bildirdi. Bugunda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi targ‘ibotni ko‘plab turk yulduzlari ham qo‘llab-quvvatlamoqda.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Chuqur» serialiga solingan jarima tufayli davlat budjeti yaxshigina daromad ko‘rdi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ammo har qancha taqiq va jarima solinmasin, har bir serial o‘z auditoriyasini topadi va aktyorlarning keyingi faoliyati va ularning mahoratini oshirish uchun o‘ziga xos turtki bo‘lib xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Chuqur», «Qora niyat», «Ramo». Turkiya davlat senzura tashkiloti tomonidan jarimaga tortilgan turk seriallari