00:30 / 25.10.2020
7 320

O‘zjan Deniz ko‘ngil qo‘ygan mashhur turk aktrisalari (foto)

O‘zjan Deniz ko‘ngil qo‘ygan mashhur turk aktrisalari (foto)
O‘zjan Deniz – mashhur turk aktyori, xonanda, bastakor, rejissyor va ssenariy muallifidir. Aktyorning muxlislarini nafaqat Turkiyada, balki dunyoning har qanday burchagidan topish mumkin. Turk seriallarining qahramoni hayotda ham o‘zining kelishgan ko‘rinishi bilan ayollarni maftun etishni biladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
«Iyun oqshomi», «Taqdirga qarshi muhabbat», «Istanbullik kelin» seriallari O‘zjan Deniz bilan bog‘liq bir qancha ishqiy munosabatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Aktyor ayol latofatini juda yaxshi his qiladi, u tanlagan go‘zal xonimlar chindan ham ko‘rinishi bilan barchani lol qoldiradi. Marhamat, mahoratli va hamisha jiddiy obrazlar orqali tanilgan mashhur turk aktyori O‘zjan Deniz qaysi aktrisalarga ko‘ngil qo‘ygani haqida bilib oling.

Xandan Deniz

Foto: «Yandeks Dzen»
1990 yillarning boshida Ozjan Deniz yulduz sifatida tanilib ulgurgan edi. Aynan shu paytda u Myunxenda Xandan bilan uchrashgan. 1991 yilda esa juftlik o‘zining nikoh to‘yini e’lon qilgan. Ularning turmushi 10 yil davom etdi. Ajrimning tashabbuskori esa Xandan bo‘ldi. Sababi u O‘zjanni xiyonatda ayblagan edi.

Fahriye Evjan

Foto: «Yandeks Dzen»
2011 yil yakunida «Mening uyim sensan» filmida Turkiyaning go‘zal aktrisasi Fahriye Evjan bilan O‘zjan Deniz rol ijro etdi. Film sahnasidagi muhabbat tuyg‘ulari hayotga ham ko‘chdi. O‘zjan va Fahriye o‘rtasida ishqiy munosabatlar shu tarzda boshlandi. Faqat juftlikning xarakterlari bir-biriga mos kelmadi. Ularning doimiy ravishda bo‘ladigan janjallari munosabatlarning sovishiga olib keldi. Shuningdek, Fahriyening injiqliklaridan O‘zjan aqldan ozdi. Natijada go‘zal yulduz juftligi ajrashishga qaror qildi.

Aycha Ayshin Turan

Foto: «Yandeks Dzen»
Keyinroq O‘zjan sahnadagi yana bir hamkasbini sevib qoldi. Bu safar u yosh va ko‘zlari ko‘k Aycha Ayshin Turan edi. Juftlik «Qora gul» melodramasi suratga olinayotgan paytda uchrashdi. 2015 yilda «Yoqimli va xavfli» filmida Aycha rol ijro etdi. Film rejissyori va ssenariy muallifi esa O‘zjan edi. Bu voqea go‘yoki nikoh marosimiga yo‘l ochgandek bo‘ldi, sababi O‘zjanning onasi ham ularning turmushiga rozi edi. Ammo hamma kutganidek bo‘lmadi.

Feyza Aktan

Foto: «Yandeks Dzen»
Ammo 2018 yilda O‘zjan hayotida mo‘’jiza sodir bo‘ldi. U Feyza Aktan bilan turmush qurdi. Feyza turmush o‘rtog‘idan 20 yosh kichkina edi. Ko‘p o‘tmay ularning Kuzey ismli o‘g‘li dunyoga keldi. 2019 yil ular rasman ajrashishga qaror qildi va hozirda ular do‘stona munosabatini saqlab qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zjan Deniz ko‘ngil qo‘ygan mashhur turk aktrisalari (foto)