00:10 / 27.10.2020
8 445

Saida Rametova jiyani Zuhra Soliyeva haqida: Uning qanotlarini sindirishni istamayman (video)

Saida Rametova jiyani Zuhra Soliyeva haqida: Uning qanotlarini sindirishni istamayman (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova jiyani, aktrisa Zuhra Soliyeva tomonidan o‘zi haqida turli xil gap-so‘zlar tarqalganiga munosabat bildirdi. Bu haqda aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.

- "Zuhra Soliyeva baribir jigarim, shogirdim. O‘zim u niholni ekdim, o‘stirdim, u meva bermoqda, meva berganidan xursandman. U yoshlik qilib bir nimalar degandir, yoshlik qilib nimalargadir ishongandir. Hayotda kimdir kimnidir yomonlaydi, kimdir yolg‘onlarni bir-biriga yetkazadi.

Balki yoshim katta bo‘lgani uchun bu narsalarga ko‘p e’tibor bermayman, chunki uning qanotlarini sindirishni istamayman. Uning otasi, onasi, vafot etgan Fotima egizagiga va’da berdimmi, va’damning ustida turaman. Uning qo‘lidan ushlab, san’at nonini yeyish oson emas, ammo chidasang, mehnat qilsang, katta, buyuk san’atkorlar qatoriga qo‘shilasan, muxlislaring bo‘ladi, deb va’da berganman, shu va’damni bajardim deb o‘ylayman.

Qizim bo‘lmagani uchun uni qizimdek yaxshi ko‘rganman. Oilamiz bilan yaxshi ko‘rganmiz. U chiqqan ko‘rsatuvni ko‘rmadim, ammo ko‘rganlar ‘Zuhra sizga sog‘lik tilab yig‘ladi’, — dedi. Ko‘rdingizmi, baribir jigarni jigardan hech qachon ayirib bo‘lmaydi. Hammaning gapiga u ham, men ham quloq solmasligimiz kerak. Shuni undan iltimos qilib qolaman.

Bir-birimizni asrab, kerakli bo‘lib yashaylik. Hech qachon ayrilmaylik. Mendan o‘tgan bo‘lsa, kechirsin, men uni kechirganman. Omadini bersin
", - deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Saida Rametova jiyani Zuhra Soliyeva haqida: Uning qanotlarini sindirishni istamayman (video)