16:43 / 30.10.2020
3 035

Marg‘ilon do‘ppisi bezaklarining ohanrabosi nimada?

Marg‘ilon do‘ppisi bezaklarining ohanrabosi nimada?
Qadimshunoslarning aniqlashicha, Marg‘ilon do‘ppisi bezaklarida aks etgan qalampir nusxa gullar, to‘lin oy, ko‘zmunchoq shakllarida farzand kutayotgan homilador ayolning husnu malohati o‘ziga xos ibo-hayo bilan tasvirlangan.

Marg‘ilonliklar azaldan chorhunar bo‘ladi. Asrlar mobaynida qadriabad qadriyat sifatida sayqallanib kelayotgan do‘ppido‘zlik san’ati Marg‘ilon hunarmandlarining eng sevimli yumushi sanaladi.

Shu kunlarda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasi, Koreya Respublikasi madaniy meros jamg‘armasi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti hamda respublika «Hunarmand» uyushmasi hamkorligida Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tayotgan amaliy mashg‘ulotlar yurtimizda do‘ppido‘zlikni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishga qaratilgan.

Do‘ppido‘zlikning Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan an’anaviy maktablari tajribasini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda 20 nafardan ziyod mahalliy yoshlar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qatnashmoqda.

B. Madiyorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Marg‘ilon do‘ppisi bezaklarining ohanrabosi nimada?