16:30 / 02.11.2020
2 975

Bobur Mirzo haqida «Yo‘lbarsning tug‘ilishi» nomli film suratga olinmoqda

Bobur Mirzo haqida «Yo‘lbarsning tug‘ilishi» nomli film suratga olinmoqda
Foto: «O‘zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati
«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Inson» kinostudiyasi tomonidan «Yo‘lbarsning tug‘ilishi» nomli qisqa metrajli filmning tasvirga olish ishlari boshlandi.

Film ssenariysi taniqli adib Xayriddin Sultonovning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan. Mazkur film temuriyzoda Zahiriddinning tug‘ilishi va unga Bobur ismining berilishi ilohiy sabablari haqida. Umarshayx Mirzoning o‘g‘il farzand ko‘rish orzusi va Bobur Mirzoning dunyoga kelishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar filmda badiiy to‘qimalar yordamida ochib beriladi.

«Yo‘lbarsning tug‘ilishi» tarixiy-badiiy filmida Elbek Fayziyev, Boir Xolmirzayev, Tamara Hazratqulova, Marjona O‘ljayeva, Ma’ruf Otajonov, Madina Odilova, Daler Timurov, Abdurahmon Ochilov kabi aktyorlar rol ijro qilmoqda.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Bobur Sher o‘g‘li, postanovkachi operator Hasan Atabayev, ikkinchi rejissyor Bahriddin Aynazarov, postanovkachi rassom Sa’nat Kenjayev, liboslar bo‘yicha rassom Sevara Zununova, grim ustasi Galina Geydelbax, film direktori Fayzirahmon Usmonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Bobur Mirzo haqida «Yo‘lbarsning tug‘ilishi» nomli film suratga olinmoqda