21:30 / 09.11.2020
3 351

Turk kinosanoatining eng kelishgan aktyorlaridan biri — Jan Yaman haqida 9 fakt

Turk kinosanoatining eng kelishgan aktyorlaridan biri — Jan Yaman haqida 9 fakt
Foto: Twitter
8 noyabr kuni «To‘lin oy», «Qulupnay ifori», «Tong qushi» va «Janob xato» seriallaridagi bosh qahramon roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Jan Yaman 31 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan aktyor haqida siz bilmagan qiziqarli ma’lumotlarni havola etamiz.

1. 5 yoshligida ota-onasi ajrashganiga qaramay, Janning bolaligi baxtli va bekam-u ko‘st o‘tgan. U otasi va onasining har ikkisi bilan ham yaxshi munosabatda.

2. Italyan maktabida a’lo baholarga o‘qigan va sinfning eng oldi bolalaridan bo‘lgan. U turk tilidan tashqari, ingliz, italyan, shuningdek, nemis tillarida ham bemalol so‘zlasha oladi.

Foto: Riri Nano
3. U qora shokoladni yaxshi ko‘radi va uyining istalgan yeridan mazkur shirinlikni topish mumkin.

4. Jan uchta narsa: uyqusizlik, issiq va ochlikni yomon ko‘radi.

Foto: Riri Nano
5. Mutaxassisligi bo‘yicha u advokat. Ushbu sohani tanlashini otasi istagan. U keyinchalik kinoda faoliyatini davom ettirishiga qaramay, advokatlikni ham tashlab qo‘ymagan — Istanbulda advokatlik ofislaridan birini boshqaradi.

6. Istanbuldagi Ruby bar-restorani Yamanning eng yaxshi ko‘rgan yeri. U yerga oilasi, do‘stlari bilan yoki kechki tadbirlar uchun tez-tez tashrif buyurib turadi. O‘tgan yilgi tug‘ilgan kunini ham Ruby’da nishonlagan.

7. Aktyorning Instagram’da 7,6 million kuzatuvchisi bor.

Foto: Getty Images
8. Jan Yaman ham eski sevgilisi Demet O‘zdemir singari xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va leykemiyaga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlaydigan fond LÖSEV bilan hamkorlik qiladi.

Foto: «Yandeks Dzen»
9. U ochiq ko‘ngilliligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bunga uning Italiyada 2 soat davomida muxlislari bilan birga suratga tushgani hamda dastxat bergani misol bo‘la oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk kinosanoatining eng kelishgan aktyorlaridan biri — Jan Yaman haqida 9 fakt