21:10 / 28.11.2020
4 232

Jahongir Otajonov va klipmeyker Habibullo Nabiyev «janjali»ga nuqta qo‘yildi

Jahongir Otajonov va klipmeyker Habibullo Nabiyev «janjali»ga nuqta qo‘yildi
Foto: YouTube
Xonanda Jahongir Otajonov «O‘ynasin» klipini suratga olgan rejissyor Habibullo Nabiyevni klipning ayrim sahnalari ukrainalik xonanda Maks Barskixning «Sohillar» («Berega») klipidan ko‘chirilgan deya ko‘chirmakashlikda ayblagan edi.

Klipmeyker Habibullo Nabiyev ham ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Jahongir Otajonovga video murojaat yo‘lladi. Murojaatda klipmeyker Maks Barskixning «Sohillar» («Berega») klipidan ilhomlanganini yashirmadi.

Xonanda Jahongir Otajonov va klipmeyker Habibullo Nabiyev Instagram’ning jonli efirida bu mavzuga nuqta qo‘yishib, bir-biridan kechirim so‘rashdi.

- "Biz bu klipni suratga olish uchun mehnat qilganmiz. Siz bergan pulingizga rozi bo‘lishingiz uchun, odamlar klipni ko‘rib mazza qilishi uchun ter to‘kkanmiz. Bu ikki karra ikki to‘rt emas.

Biz bilan ishlaydigan barcha odamlar biladi. Tushunmovchilik bo‘libdi, agar bizdan, ijodiy jamoamizdan, shaxsan o‘zimdan ayb o‘tgan bo‘lsa, kichik boshim bilan sizdan uzr so‘rayman aka.

Aka, men sizga shaxsan telefon qildim. «Nima bo‘lyapti? Qanaqa? Menga tushuntirib bering» deb aytdim, mana hozir ham jonli efirda shu gaplarni gapirib turibman. Bo‘ldi shu, boshqa narsa yo‘q.

Aka, mening fikrimcha, klipni qaytadan qo‘yish kerak. Keyin odamlarning o‘zi ko‘rib baho bersin. Kimga yoqsa, o‘sha odamlar ko‘rsin, klip yoqmasa ko‘rish kerakmas. Rossiya shou-biznesida ham tan olib aytishyapti, to‘g‘ridan-to‘g‘riga, birga bir kadrlar olinganligini. Bu narsa ularda challenge bo‘lib ketgan. Bitta narsa zo‘r yesa, challenge qiladi
", - dedi klipmeyker Habibullo Nabiyev.

Xonanda Jahongir Otajonov ham pulda muammo bo‘lmasligi, borganida hisoblashib olishini ma’lum qildi.
- "Men bergan pulimga roziman. Pulda muammo yo‘q, Xudoga shukr. Bu narsani bo‘lishi, shu yerda xarajat qilinishi bizga qismat qilingan ekanki, u hech narsa emas, Xudo o‘zi beradi. Astag‘firulloh. Uzr shartmas ukam. Yo‘q, sen mendan uzr so‘rama, balki men ham sababchidirman.

Seni qizishib ketganingga men ham chiroyli gap qilmaganim sabab bo‘lgandir. Sen ham mendan xafa bo‘lma. Mendan rozi bo‘lgin. Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Bu narsalarga ikkalamiz sababchimiz, zotan qismat shu ekan. Kelajakda nima bo‘lishidan qatiy nazar sen mendan ranjima. Men ham sendan ranjimayman. Ko‘nglingni og‘ritgan joylari uchun Alloh uchun mendan rozi bo‘l. Lekin shunchalik harakatni axlatga chiqib ketishi menga alam qilyapti.

Senga ham rahmat. Rozi bo‘l. Agar uyingdagilar mendan ranjigan bo‘lsa, ota-onangdan meni nomimdan uzr so‘rab qo‘y. Mendan norozi bo‘lishmasin, zotan asossiz gapirganim yo‘q edi. Baribir biz noprofessional fikr yuritdik, ko‘nglingni og‘ritgan bo‘lsam uzr. Sog‘ bo‘l. Hisob-kitobni borganda gaplashib olamiz
", - dedi Jahongir Otajonov.

Ma’lumot uchun, Jahongir Otajonovning O‘ynasin video klipi klipmeyker bilan janjalidan so‘ng o‘chirib tashlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov va klipmeyker Habibullo Nabiyev «janjali»ga nuqta qo‘yildi