12:38 / 29.11.2020
6 694

Aktrisa Gulzoda Isroilova kinodagi uzoq yillik tanaffusi va oilasidan ajrashish sababini ma’lum qildi (video)

Aktrisa Gulzoda Isroilova kinodagi uzoq yillik tanaffusi va oilasidan ajrashish sababini ma’lum qildi (video)
Foto: YouTube
«Hayot jilg‘alari» seriali orqali mashhurlikka erishgan aktrisa Gulzoda Isroilova kino olamidagi uzoq yillik tanaffusi, o‘zini aybdor his qilish sababi, ajrashgani haqida gapirib berdi. Bu haqida aktrisa YouTube‘dagi Yashin TV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

- "2011 yilda ona bo‘lganman. Ona bo‘lganimdan so‘ng butun umrimni bolamga bag‘ishlayman deb niyat qilgan edim. Ammo san’at har nima bo‘lganda ham o‘ziga tortaverar ekan. Sahnaga bir marta chiqqan odam sahnani tark eta olmas ekan.

To‘rt yil uyda o‘tirganimdan so‘ng teatrga qaytdim, teatrdan biroz ishlaganimdan so‘ng u yerdan ham butunlay ketib, syomkalar bilan band bo‘ldim. Bolam birinchi sinfga chiqqach, yana oila bilan band bo‘ldim. Soham bo‘yicha rejissyor bo‘lganim uchun rejissyorlik ham qila boshladim.

Hozir «Qoplon» deb nomlangan yangi, jangari janrda serial suratga olish ishlarini boshlaganmiz. Ayni vaqtda yana ijod bilan bandman
", - deydi Gulzoda Isroilova.

Aktrisa suhbat davomida oilasi bilan ajrashish sabablari, nima uchun teatrdan ishdan ketgani, bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil gapirib bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Gulzoda Isroilova kinodagi uzoq yillik tanaffusi va oilasidan ajrashish sababini ma’lum qildi (video)