09:49 / 06.12.2020
4 365

Ertaga «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmining premerasi bo‘ladi

Ertaga «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmining premerasi bo‘ladi
Joriy yilning 7 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda, soat 17:00 da «O‘zbekkino» MA buyurtmasiga binoan «Inson» kinostudiyasida rejissyor Baqo Sodiqov tomonidan suratga olingan «Mahmudxo‘ja Behbudiy» tarixiy-badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi.

Film taniqli dramaturg, publitsist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Behbudiy haqida bo‘lib, bundan 18 yil ilgari buyuk alloma haqida suratga olinishi boshlangan badiiy film ba’zi sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan edi. Oradan vaqt o‘tib, mazkur badiiy film ustida qayta ishlanib, qo‘shimcha tasvirga olish ishlari amalga oshirildi. «Mahmudxo‘ja Behbudiy» badiiy filmi buyuk ma’rifatparvar adib tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlab suratga olingan.

Ssenariy mualliflari Baqo Sodiqov va Ulug‘bek Sodiqov, rejissyor Baqo Sodiqov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirrajabova, postanovkachi operator Ravshan Musayev, kartina direktori Fayzirahmon Usmonov.

Filmda rollarni Faxriddin Shamsimatov, Afzal Rafiqov, Yayra Abdullayeva, Obid Yunusov, Mahmud Ismoilov, Furqat Fayziyev, Saidkomil Umarov, Ubaydullo Omon, Sayfiddin Meliyev, Mehriddin Rahmatov kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ertaga «Mahmudxo‘ja Behbudiy» filmining premerasi bo‘ladi