23:08 / 06.12.2020
5 869

O‘z muxlislari bilan turmush qurgan Bollivud yulduzlari (foto)

O‘z muxlislari bilan turmush qurgan Bollivud yulduzlari (foto)
Har qanday ayol yoshligida taniqli odam bilan turmush qurishni orzu qilsa kerak. Ularning ayrimlarida ushbu orzular amalga oshib, baxtli oila bo‘lib yashash holatlari kuzatilgan.

Dilip Kumar va Sayra Banu

Foto: «bollywoodtime.ru»
Dilip va Sayra – ajoyib juftlik. Ular barcha qiyinchiliklarga qaramay, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi. Sayra Dilipga bolaligidanoq oshiq bo‘lgan va uning ikkita orzusi bo‘lgan: birinchisi — aktrisa bo‘lish, ikkinchisi — Kumarga turmushga chiqish. Va nihoyat uning orzulari amalga oshdi.

1966 yil juftlik turmush qurganida Dilip 44, Sayra esa 22 yoshda bo‘lgan. Ko‘pchilik bu nikoh qisqa umr ko‘rishini taxmin ham qilgan, ammo juftlik barcha qiyinchiliklarni yengib, 54 yildan buyon birga baxtli yashamoqda.

Mumtaz va Mayur Madxvani

Foto: «bollywoodtime.ru»
Mumtaz bir qarashda sevib qolishga majbur qiladigan aktrisa edi. Mayur Madxvani 1960–1970 yillarning eng katta yulduziga uylangan baxtli muxlis edi. «Braxmachari» filmida Mumtaz bilan birga ishlagan Shammi Kapurning muhabbatini ham odamlar sezgan, ammo Kapur aktrisaga to‘ydan keyin kino san’atini tark etish talabini qo‘ygan. 18 yoshli Mumtaz hali bunday qarorga tayyor bo‘lmaganligi tufayli taniqli sulolaning kelini bo‘lishdan bosh tortgan.

1974 yil 29 mayda u o‘zining sodiq muxlisi Mayur Madxvani bilan turmush qurgan. Odamlarning fikricha, Mayur Mumtazga faqat go‘zalligi uchun uylangan edi, lekin u vaqt o‘tib, saraton kasalligiga chalingan va sochlarini yo‘qotgan Mumtazga g‘amxo‘rlik qilganida uni qanchalik sevishini isbotladi. Ular 46 yil baxtli hayot kechirdi.

Rajesh Xanna va Dimpl Kapadiya

Foto: «Yandeks Dzen»
Rajesh Xannaning muxlisi Dimpl Kapadiya bo‘lib, ular turmush qurganida Rajesh 32 yosh, Kapadiya esa atigi 15 yosh bo‘lgan. Kapadiya uning muxlisi ekanligini o‘zi ham tan olgan. Ularning nikohi 9 yil davom etgan bo‘lsa-da, ular bir-birini umrining oxirigacha qo‘llab-quvvatlagan.

Shilpa Shetti va Raj Kunrda

Foto: «Yandeks Dzen»
Maftunkor tabassum, porlab turgan ko‘zlar va takrorlanmas qiyofasi bilan Shilpa Shetti ko‘plab qalblarni zabt etgan. Uning muxlislaridan biri britaniyalik hind tadbirkor – Raj Kundra edi. Ma’lum bo‘lishicha, Raj Shilpaga bo‘lgan muhabbati tufayli hattoki homilador ayoli bilan ajrashgan. 2009 yil 22 noyabrda juftlikning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan. Shundan buyon ular baxtli oila bo‘lib yashamoqda.

Esha Deol va Bxarat Taxtani

Foto: «Yandeks Dzen»
Bxarat va Esha bir maktabda tahsil olgan. Ular voyaga yetganidan so‘ng Bxarat mashhur Xema Malini va Dxamendraning qizi Eshaga uylanish umidini yo‘qotgan. Chunki u endi kino olamidagi mashhur aktrisaga aylangandi. Biroq mo‘’jizalar ro‘y berib, 2012 yil 29 iyunda ular turmush qurgan.

Vivek Oberoy va Priyanka Alva

Foto: «Yandeks Dzen»
Vivek shaxsiy hayotida ham, kasbi yuzasidan ham bir qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Vivekning yuragi va karerasiga zarba bergan Ayshvariyadan so‘ng u Karnatka vazirining qizi Priyankadan baxtini topdi. Priyanka aktyorning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Ammo unga turmushga chiqishi tushiga ham kirmagandi. Juftlik 2010 yil 29 oktyabrda turmush qurgan. Garchi nikoh avval kattalar istagi tufayli amalga oshgan bo‘lsada, keyinchalik sevgi va mehr kabi haqiqiy tuyg‘ular paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘z muxlislari bilan turmush qurgan Bollivud yulduzlari (foto)