00:16 / 11.12.2020
6 946

Turkiyalik taniqli xonanda Tarkan nega ko‘rinmay qoldi? U hozir nima bilan band? (foto)

Turkiyalik taniqli xonanda Tarkan nega ko‘rinmay qoldi? U hozir nima bilan band? (foto)
Foto: Milliyet
Shirali ovozi va romantik uslubdagi ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olgan turk xonandasi Tarkanning shaxsiy hayoti va karerasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Tarkan biror marta ham ingliz tilida qo‘shiq kuylamay turib Yevropada mashhurlikka erishgan ijodkor sanaladi. 2000 yillarda uning ijodi nafaqat turk, balki o‘zbek va yevropaliklarni ham befarq qoldirmagan.

Foto: Milliyet
Xonandaning ota-onasi u tug‘ilishidan avval Turkiyadagi krizis vaqtida Germaniyaga ko‘chib ketgan. Tarkan 1972 yilda Germaniyada dunyoga kelgan va shunga qaramay, ota-onasi uni turk urf-odatlariga xos tarbiyalagan. 1986 yilda oilasi bilan yurtiga qaytib keladi va o‘sha vaqtda hayotini musiqa bilan bog‘lashga qaror qiladi. Avvaliga musiqa maktabida tahsil olgan ijodkor keyinchalik o‘qishni akademiyada davom ettiradi. Shunga qaramay qo‘shiqchi sifatida karera qilish oson bo‘lmaydi, u to‘y va restoranlarda qo‘shiq kuylab pul topa boshlaydi.

Prodyuser Mehmet Soyutoulu bilan tanishganidan keyin esa hammasi o‘zgaradi va Mehmet Tarkanga ilk albomini yozishga yordam bergan. 1992 yilda ilk plastinkasini taqdim qilgan yosh yulduz oradan ko‘p o‘tmay ikkinchisini ham omma e’tiboriga havola etgan.

Foto: Milliyet
«Tarkan» xonandaning eng muvaffaqiyatli albomi bo‘ladi va aynan shu albom sabab u World Music Awards mukofotiga sazovor bo‘lgan. «Kuzu-Kuzu», «Dudu», «Shimarik», «Shikidim» va boshqa qo‘shiqlari xit bo‘lgan Tarkan birdaniga ijodiy tanaffus qiladi va orada 6 yil davomida chiqish qilmaydi. Bu vaqt oralig‘ida u taqiqlangan moddalarni saqlagani va qabul qilgani sabab politsiyaga tushib ham ulgurgan.

Foto: Milliyet
Va nihoyat 2016 yilda sahnaga qaytgan yulduz muxlislariga «Ahde Vefa» albomini taqdim qiladi. Undagi qo‘shiqlar ko‘plab chartlarda yetakchilik qiladi va Turkiyadan tashqari Amerika va Yevropada ham mashhurlikka erishadi.

Shaxsiy hayoti

Foto: Milliyet
Shaxsiy munosabatlarini ovoza qilishni istamaydigan qo‘shiqchi, 7 yil davomida xonanda Bilge Ozturk bilan uchrashgan. 2008 yilda munosabatlariga nuqta qo‘ygan Tarkan uning eng katta orzusi oila qurish va ota bo‘lish ekanini bildirgan. Shunga qaramay, uzoq vaqt davomida uning shaxsiy hayot borasida omadi chopmagan. Sahnaga qaytgan yil unga omadli kelgan va aynan shu yili u o‘zining sodiq muxlisi Pinar Dilekni uchratgan.

Foto: Milliyet

Sahna ortiga kelib ijodi lol qoldirishini bildirgan qiz Tarkanning yuragidan urgan. 2016 yilda munosabatlarini nikoh bilan bog‘lagan juftlik oradan 2 yil o‘tib farzandli bo‘lgan. O‘zining eng katta orzusiga erishgan xonanda shundan buyon xizmat safarlariga kamdan kam qizi va rafiqasisiz ketadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turkiyalik taniqli xonanda Tarkan nega ko‘rinmay qoldi? U hozir nima bilan band? (foto)