14:11 / 17.12.2020
2 739

O‘zbekiston haqida hujjatli fantastik film suratga olinadi

O‘zbekiston haqida hujjatli fantastik film suratga olinadi
Valdis Pelsh
O‘zbekiston madaniy merosi haftaligining milliy kinematografiyaga bag‘ishlangan uchinchi kunida rossiyalik taniqli teleboshlovchi hamda prodyuser Valdis Pelsh "O‘zbekkino" bilan hamkorlikdagi loyihasi haqida e’lon qildi. U O‘zbekistonning kelajakdagi rivojlanish yo‘li haqida futuristik janrdagi hujjatli filmni suratga oladi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Nega aynan O‘zbekiston? Chunki bu mamlakat ilm-fanning turli yo‘nalishlari – geografiya, astronomiya, matematika, tibbiyot va boshqalarda arzirli yutuqlarga ega. Filmda mamlakatning 30-40 yil keyingi hayotiga nazar tashlashga harakat qilinadi. Filmda kompyuter grafikasi, komikslardan faol foydalaniladi. Suratga olish bilan bog‘liq barcha byurokratik muzokaralar jarayoni kecha yakunlandi”, dedi Pelsh “O‘zbekiston kinematografiyasi: o‘tmish, bugun, kelajak” mavzusidagi milliy kino kunidagi chiqishida.

Valdis Pelsh bundan avval ham hujjatli fantastika yo‘nalishidagi filmlarni suratga olgan. “Arktika, ertaga ko‘rishamiz” va “Mukammal bo‘ronning darslari” nomli filmlar insoniyat kelajagi haqida hikoya qiladi.

O‘z vaqtida Jyul Vern fantastik asarlarini tahririyatga olib kelganida uni telbalikda ayblashgan va asarlarini aql bovar qilmas, deya atashgan. Men ham o‘zimni Jyul Vernday his qilishni istayapman. Hujjatli fantastika janri oson uslub emas. Film bir tarafdan haqqoniy, boshqa tarafdan fantastik bo‘lishi talab etiladi. Film haqida ijtimoiy tarmoqda “Oshirib yuboribsan” deyishlarini istayapman», deya fikr bildirdi Valdis Pelsh o‘z loyihasi haqida.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha Valdis Pelsh va “O‘zbekkino” milliy agentligi o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Film 2021 yil kuz oylarida taqdim etilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston haqida hujjatli fantastik film suratga olinadi