Foto: Madaniyat vazirligi
«Tez orada bunga aloqador barcha jinoyatchilarga tegishli choralar ko‘riladi», – dedi madaniyat vaziri. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xivadagi Tosh hovli saroyi devorining bir qismi amalga tartibga zid ravishda buzilganiga munosabat bildirdi.
Kun.uz nashrining xabariga ko‘ra, vazir holatni prokuratura o‘rganayotganini ma’lum qilgan.
«YUNЕSKO ro‘yxatiga kiradigan ushbu obidaning devorlari buzilishi bo‘yicha prokuratura xodimlari tegishli ishlarni olib borishyapti. Bu – jinoyat va tez orada bunga aloqador barcha jinoyatchilarga tegishli choralar ko‘riladi.
Lekin buning o‘zi yetarli bo‘larmikan? Bizda avvalo madaniy merosga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish kerak. Toki jamiyatda tarixiy obidalarni asrab-avaylash muhiti shakllanmas ekan, 50 yildan keyin ham har gal bu holat takrorlanganda «Madaniyat vazirligi kayerga qarayapti?» degan savollar aylanaveradi», – dedi Nazarbekov Toshkent yoshlar forumi doirasida o‘tkazilgan «Toshkentning madaniy va turistik qiyofasi – 2030» mavzusidagi muloqotda.
Eslatib o‘tamiz, 1832–38 yillarda qurilgan saroy devorining bir qismi 2020 yil dekabr oyida buzildi.
Ichan-Qal’a mas’ullari buni devordagi og‘ish bilan izohlab, devordan olingan g‘ishtlar «butunligicha o‘z o‘rniga qaytarib terilishi»ni aytmoqda. Madaniy meros departamenti esa restavratsiya loyihasi ilmiy-ekspert kengashidan o‘tkazilmaganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ozodbek Nazarbekov «grim operatsiyasi» haqida: «Bu hol vazirlik uchun uyatli»

«Elakni ko‘tarishni o‘zim iltimos qilganman» - Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligidagi korrupsion holatlar haqida

Ozodbek Nazarbekov Toshkent ko‘chalarini velosipedda sayr qildi

O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov muxlislarini «aldadi»

Ozodbek Nazarbekov o‘z kuyoviga hali jo‘yali maslahat berolganicha yo‘q

Ozodbek Nazarbekov farzandini o‘qishga kirita olmay, undan yordam so‘raydiganlarni tushunmasligini aytdi