1 587
O‘zbekiston Alisher Navoiyning Hirotdagi maqbarasini ta’mirlashda Afg‘onistonga ko‘maklashadi

Foto: «Dunyo» axborot agentligi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev rahbarligidagi delegatsiyaning 14—16 dekabr kunlari Afg‘onistonga tashrifi amalga oshirildi, deya xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Tohir Zuhayr O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bilan birgalikda Kobuldagi Zahiriddin Muhammad Bobur bog‘-muzeyiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolarining Bobur bog‘-muzeyiga tashrifi davomida ularga Afg‘oniston rasmiy vakillari hamrohlik qilgan. Suhbat davomida asosiy diqqat-e’tibor madaniy sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalari istiqbollariga qaratildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zaro madaniy aloqalarni rivojlantirish va Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Hirot shahrida bo‘lgani ham xabar qilingan.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va uning atrofini obodonlashtirish bo‘yicha Afg‘onistonning mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. Shu o‘rinda 2021 yil Alisher Navoiyning 580 yillik yubileyi O‘zbekistonda keng miqyosda nishonlanishi ma’lum qilingan.
Shuningdek, Afg‘oniston tarixiy obidalarni qayta tiklash, xususan, Islom davri obidalarini ta’mirlashda O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirgani ham ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Rossiyada JCh-2018 oldidan O‘zbekiston madaniy merosi namoyish etiladi

Ozodbek Nazarbekov Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm vaziri bilan uchrashdi (video)

Kreml saroyida O‘zbekistonning madaniyat kunlari ochildi

Farruh Zokirov, Sevara Nazarxon, Gulsanam Mamazoitova, Munojot Yo‘lchiyevalar Moskvada

Zahiriddin Muhammad Boburning “Devoni Bobur” qo‘lyozmasi nusxasi O‘zbekistonga topshirildi

«Toshkent» fond birjasi binosi konsert zaliga aylantiriladi