19:15 / 23.01.2021
2 119

Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi

Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi
Foto: Madaniyat vazirligi
O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqqan. Ushbu loyiha Madaniyat vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Madaniyat vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan.
«Bolalarni maqom kuylari bilan muntazam bahramand etish rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan me’yor asosida maqom kuylari qo‘yib beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi