«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK hamda “SPECTRE” studiyasi tomonidan «Alisher Navoiy» tarixiy-hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Shahzod Muhammadiyev, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev.
«Alisher Navoiy» tarixiy hujjatli filmi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan mutafakkir shaxsi va asarlariga yangicha yondashuv asosida ishlanmoqda. Mazkur film «Xalq yuragi» nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Filmda tarixiy badiiy rekonstruksiya, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, navoiyshunos olimlar bilan intervyulardan foydalaniladi. Suratga olish ishlari Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
2020 yil yosh rejissyor Shohrux Rasulovning Adiblar xiyoboni haqidagi «Xalq yuragi» hujjatli filmining yurtimiz telekanallaridagi namoyishi bo‘lib o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi